Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrobod ko‘chasi 4-uy qarshisida 20-may kuni soat 21:00 larda 1989-yilda tug‘ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/05/20/2024-05-20 23.23.29-Ov2pjPw2.jpg)
Maʼlum qilinishicha, YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)