Buxoro viloyatida tergov organlaridan yashirinib yurgan yana bir shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergov organlaridan yashiringani uchun viloyat prokuraturasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Jondor tumani “Zarafshon” mahallasida doimiy ro‘yxatda turuvchi, 2002-yilda tug‘ilgan K.Q. olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida tumanning “Sho‘robod” mahallasi hududida qo‘lga olinib, 4-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Izoh (0)