Qashqadaryo viloyatida yashovchi 52 yoshli (ayol) R.I. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 2 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi F.Sh. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan F.Sh. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, bu eʼlonga ishongan jabrlanuvchi R.I.ning bank karta maʼlumotlarini qo‘lga kiritish orqali 2 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan F.Sh.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)