AQSHda neft qazib olish darajasi sentyabr oyida so‘nggi olti oyga nisbatan maksimal 1,7 foizga o‘sdi va rekord darajaga — kuniga 13,24 million barrelga yetdi. Bu haqida Energetika ma‘lumotlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Financial Times AQSHning sentyabrdagi ko‘rsatkichini jahon tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich deb atadi.
Texasda sentyabr oyida neft qazib olish besh oy ichida birinchi marta pasayib, (0,1% ga), iyul oyidan beri minimal darajaga yetdi (5,57 million barrel).
Nyu-Meksikoda neft qazib olish 1,1 foizga o‘sdi va kuniga 1,82 million barrelni tashkil etdi, Shimoliy Dakotada esa 6,5 foizga o‘sdi va 3,5 yil ichida maksimal 1,3 million barrelga yetdi.
Izoh (0)