“Kaztransoyl” magistral neft quvuri orqali 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Germaniyaga 690 ming tonna qozoq neftini yetkazib berdi, noyabr oyida esa 100 ming tonna neft yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
2023-yil yanvar-oktyabr oylarida Qozog‘iston neftini “Transneft” Ochiq aksiydorlik jamiyatining magistral neft quvurlari tizimi orqali Germaniyaga yetkazib berish hajmni 690 ming tonnani tashkil etgan. Noyabr oyida “Kaztransoyl” Germaniyaga 100 ming tonna qozoq neftini yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
2022-yil dekabrda “Kaztransoil” 2023-yilda “Transneft” orqali 1,2 million tonna neftni Germaniyaga yuborish bo‘yicha yillik ariza yuborgan. Biroq neft yetkazib berishning haqiqiy hajmi neft kompaniyalari so‘rovlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu neft tranziti Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 2002-yil 7-iyundagi tegishli kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)