• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylandi

    10-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari soat 8:00 dan soat 20:00 ga qadar saylovchilarni qabul qildi. Markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan saylovchining 15,6 million nafari, ya’ni saylovchilarning 79,8 foizi ovoz berdi. Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi.

    Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra:

    Abdushukur Hamzayev (Ekologik partiya) — 3,74 foiz; 
    Ulug‘bek Inoyatov (XDP) — 4,02 foiz;
    Robaxon Mahmudova (“Adolat”) — 4,43 foiz;
    Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP) — 87,05 foiz ovoz to‘plagan.

    Foto: MSK matbuot xizmati

    Saylovchilarning 87 foizdan ortiq ovozini olgani uchun Shavkat Mirziyoyev 7 yil muddatga O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylandi.

    Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi

    30-aprelda bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilindi. Yangilangan Konstitutsiya davlat hokimiyati oldiga yangi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni qo‘ydi. Shu bois davlat rahbari Konstitutsiyaning 128-moddasiga muvofiq, muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazish haqida xalqqa murojaat qildi. Bu tashabbus Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda jamoatchilik faollari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    6-may kuni Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlandi. O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etayotgan har bir nomzodga targ‘ibot tadbirlari uchun 4 milliard 914 million so‘m ajratilgan.

    Shavkat Mirziyoyev haqida

    Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ixtisosligi — muhandis-mexanik. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

    1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1990-yilda Respublika Oliy Soveti deputati etib saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.

    1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996—2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida xizmat qilgan. Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995—2003-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida qonunchilik jarayonida ham ishtirok etgan.

    Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlanib, 2016-yilga qadar faoliyat yuritgan. 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston prezidenti etib saylangan. 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 80,1 foiz ovoz bilan O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan. “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

    10.07.2023, 11:12   Izoh (0)   27086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Adolat”, XDP va Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzodlar saylovda ovoz berdi (foto)

    09.07.2023, 11:17

    Aripovdan Musayevgacha — hukumat a’zolari prezident saylovida qatnashdi (foto) 

    09.07.2023, 17:10

    Prezident saylovida ko‘rinish bergan hokimlar (foto, video)

    09.07.2023, 16:54

    “Biri turmush o‘rtog‘i bilan kelsa, boshqasi o‘g‘li bilan, yana biri esa nabirasi yonida”. O‘zbekistondagi shahar, tuman hokimlarining saylovdagi faolligi qay dara...

    09.07.2023, 21:08

    “Barchasi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldik”. Saylov haqida xalqaro kuzatuvchilarning fikri

    09.07.2023, 22:20

    Abu Saxiy bozori yaqinida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi (video)

    10.07.2023, 10:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.