O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 13-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevni Bosh vazir lavozimidan ozod qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi hukumatning ham iste’foga chiqishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida g‘alaba qozondi.