Bugun 9-iyul — O‘zbekistonda prezidentlik saylovi kuni. Erta tong soat 08:00 da aholi prezidentlikka nomzodlarga ovoz berishni boshladi.
Xususan, Toshkent shahridagi 576-saylov uchastkasida jarayonga puxta tayyorlargarlik ko‘rilgan. “Daryo” muxbiri mazkur saylov uchastkasidan reportaj tayyorladi.
Xabaringiz bor, prezidentlikka nomzodlar 4 kishidan iborat. Ular — Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, “Adolat” partiyasidan Robaxon Mahmudova, Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev.
Saylovda g‘olib bo‘lgan nomzod prezidentlikka 7 yilga saylanadi. Bu haqda yangilangan Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi “Paxtakor” mahallasi, 751-saylovda ovoz berish jarayonlari boshlangan. “Daryo” muxbirlari hududlarda bo‘lib, saylov jarayonlarini kuzatmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi axborotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyul holatiga jami 376 ming 623 nafar saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Shundan respublika hududida – 275 ming 592 nafar, xorijda – 101 ming 31 nafar saylovchi ovoz bergan.
Izoh (0)