• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Barchasi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldik”. Saylov haqida xalqaro kuzatuvchilarning fikri

    Bugun O‘zbekistondagi eng katta siyosiy jarayonlardan biri — muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 250 nafar xalqaro kuzatuvchi ishtirok etmoqda. Quyida mazkur kuzatuvchilarning prezident saylovi jarayonlari haqida fikrlari keltiriladi

    Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek

    Men YXHT DIIHB missiyasiga shu qadar katta qiziqish bildirayotgan OAV vakillarini ko‘rib turganimdan mamnunman. Bugun va ertaga ertalab O‘zbekiston prezidenti saylovlarida 250 nafar xalqaro kuzatuvchi ishtirok etmoqda. 

    Bugun biz Toshkent markazida joylashgan ushbu ajoyib maktabda kuzatuvni olib bormoqdamiz. Biroq bizning kuzatuvchilarimiz Taxtako‘pir singari eng olis hududlarda ham ish olib boryapti. Agar OAV xodimlaridan birortasi uyoqqa borsa ham, bizning kuzatuvilarimizdan birini uchratishi mumkin.

    Kuzatuvlarda biz qo‘llaydigan metodologiya ilmiy jihatdan asoslantirilgan va batafsil maʼlumot bera oladi. Biz 4 ta turli jihatlarni kuzatamiz, maxsus elektron ruchkalardan foydalanamiz. Uning tugmachasini bosganingizda, maʼlumotlar qabul qilib olinadi. Vakillarimiz uchastkalarda jarayon boshlanishidan bir soat avval kuzatuvga kirishdi va tayyorgarlik holatiga ham guvoh bo‘ldilar. 

    Kuzatuvchilar uchastkalarning ochilishiga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha 100 dan ortiq blankalarni to‘ldirib berishdi. Ushbu hujjatlar bizning statistika bilan shug‘ullanuvchi jamoamiz tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Kun davomida kuzatuvlarga doir mingga yaqin, balki undan ham ko‘p hisobotlar taqdim etiladi. Ular turli yo‘nalishlarga tegishli: byulletenlar, byulleten qutilari va ushbu muhim siyosiy jarayonning boshqa jihatlari. Biz barcha maʼlumotlarni onlayn rejimida berib boryapmiz va ular darhol tahlil qilinmoqda. Kech soat 8 dan keyin uchastkalar yopilgach, ovozlarni sanash ustidan kuzatuv davom ettiriladi.

    14 ta okrug uchastkalaridagi jarayon ham kuzatuvlarda muhim o‘rin tutadi. Bunda, maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga uzatib beruvchi okrug saylov komissiyalarining xatti-harakatlari tahlil qilinadi. Butun ishimizni umumlashtirib aytadigan bo‘lsam, biz qatʼiy belgilangan, aniq metodologiyaga, yuz berayotgan jarayonlarni to‘liq qamrab olishga va sinchiklab tahlil qilishga asosiy diqqat-eʼtiborimizni qaratamiz.

    Xitoy TIV elchisi Van Kayven:

    Bugun kun davomida 7 ta saylov uchastkasida bo‘ldik. Saylovchilar bilan, saylov komissiyasi aʼzolari bilan suhbatlashdik. Ishonch bilan ayta olamanki, ushbu saylov jarayonlariga Markaziy saylov komissiyasi yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgan. Qisqa muddat ichida ushbu yirik siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun MSK juda qattiq mehnat qilgani ko‘rinib turibdi. Saylovchilarning kayfiyati yuqori darajada. Ular juda ham faol. Ayniqsa, yoshlarning saylov uchastkalarida faol ekanliklariga guvoh bo‘ldik.

    Rossiya MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev:

    O‘zbekistonda o‘tkazilgan bir necha saylov kampaniyalarini kuzatib borganmiz. Bu safargi saylovda fuqarolarning saylovdagi ishtiroki yuqori ekanligini taʼkidlamoqchiman. Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga ko‘ra yuqori saviyada amalga oshirdi. Saylovchilar uchun erkin ovoz berish imkoniyati yaratilgan. Nogironligi bor shaxslarga ham biz tashrif buyurgan uchastkalarda barcha imkoniyatlar mavjud edi. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati esa saylov jarayonlarining yanada shaffof va adolatli o‘tishiga yordam beradi. Markaziy saylov komissiyasi barcha darajadagi komissiya aʼzolarini sifatli tarzda o‘qitganligi Samarqanddagi uchrashuvlarimizda ayon bo‘ldi. Ular saylov qonunchiligi talablaridan xabardor va o‘z ishiga masʼuliyat bilan yondashmoqda.

    Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min:

    Bizning kuzatuvchilik faoliyatimiz bir necha kun oldin boshlandi. Biz ertalab saylov uchastkalarining ochilishida ishtirok etdik. Barchasi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldik. Missiyamiz 6 guruhga bo‘lingan holda bir necha o‘nlab saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini kuzatdik. Shaxsan o‘zim saylov uchastkalariga ota-onalar o‘zlari bilan hali saylov yoshiga yetmagan farzandlarini olib kelganidan xursand bo‘ldim. Chunki bolalarning saylov uchastkasiga kelib, ovoz berish tartibidan, saylov jarayonlaridan xabardor bo‘lishga intilishlari quvonarli holat. Saylovchilarning saylovdagi faol ishtiroki Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayonlari to‘g‘risida aholini xabardor qilishda keng miqyosda ishlar olib borganidan dalolat beradi.

    09.07.2023, 22:20   Izoh (0)   9610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

    09.07.2023, 22:06

    O‘zbekistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi

    09.07.2023, 21:29

    “Biri turmush o‘rtog‘i bilan kelsa, boshqasi o‘g‘li bilan, yana biri esa nabirasi yonida”. O‘zbekistondagi shahar, tuman hokimlarining saylovdagi faolligi qay dara...

    09.07.2023, 21:08

    Qozog‘istonda Toshkentdagi universitetning filiali ochiladi

    09.07.2023, 20:40

    Toshkent aholisi suv hisoblagichlarni o‘rnatish orqali qancha mablag‘ tejashi mumkin?

    09.07.2023, 19:10

    Britaniyalik talabalar bir yil davomida O‘zbekistonda tahsil oladi

    09.07.2023, 19:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.