• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib qayta saylandi

    25-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda prezident saylovi 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari tong soat 8:00 dan kech soat 20:00 ga qadar saylovchilarni qabul qildi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev bergan ma’lumotga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan 20 158 907 nafar saylovchining 16 212 343 nafari, ya’ni saylovchilarning 80,4 foizi ovoz berdi. Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi.

    Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra,

    • Bahrom Abduhalimov (“Adolat”) — 3,4 foiz;
    • Narzullo Oblomurodov (Ekologik partiya) — 4,1 foiz;
    • Alisher Qodirov (Milliy tiklanish) — 5,5 foiz;
    • Maqsuda Vorisova (XDP) — 6,6 foiz;
    • Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP) — 80,1 foiz ovoz to‘plagan;
    Saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini olgani uchun Shavkat Mirziyoyev yana 5 yil muddatga O‘zbekiston prezidenti etib saylandi.

    Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ixtisosligi — muhandis-mexanik. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

    Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1990-yilda Respublika Oliy Soveti deputati etib saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

    1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996—2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida xizmat qilgan. Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995—2003-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida qonunchilik jarayonida ham ishtirok etgan.

    Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlanib, 2016-yilga qadar faoliyat yuritgan. 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston prezidenti etib saylangan. “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

    Oilali — ikki qizi, bir o‘g‘li, olti nafar nevarasi bor. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qilgunga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni telefon orqali prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, tabrik maktubi ham yo‘lladi. Rossiya prezidentidan so‘ng Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi va rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

    25.10.2021, 16:16   Izoh (0)   73741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda saylov jarayonini kuzatgan jurnalist va uchastka mas’uli o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bosh prokuror holatga izoh berdi

    25.10.2021, 15:48

    Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    25.10.2021, 15:33

    O‘zbekistonga AQShdan 273 780 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi

    25.10.2021, 15:12

    Putin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi

    25.10.2021, 14:26

    O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi

    25.10.2021, 14:15

    O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    25.10.2021, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.