Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning jamoasi tinchlikka erishish bo‘yicha reja tafsilotlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal Yevropa va Ukraina diplomatlariga tayanib xabar berdi.
Takliflarni taxminan Ukrainada urush boshlanganiga bir yil to‘ladigan sanada, 24-fevral kuni taqdim etish ko‘zda tutilmoqda.
AQSH, Ukraina va NATO mansabdorlarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning har qanday ehtimoliy muzokaralardagi pozitsiyasi uning jang maydonidagi pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Noyabr o‘rtalarida Zelenskiy G20 sammitida videomurojaat bilan chiqib, o‘zining o‘nta shartdan iborat bo‘lgan “tinchlik formulasi”ni taklif etgan edi. Ushbu shartlar radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik; oziq-ovqat xavfsizligi; energetika xavfsizligi; barcha asirlar va deportatsiya qilinganlarning ozod etilishi; BMT ustavining bajarilishi hamda Ukraina hududiy yaxlitligi va dunyo tartibining qayta tiklanishi; Rossiya qo‘shinlarining olib ketilishi va jangovar harakatlarning to‘xtatilishi; adolatning qaytarilishi; ekotsid (flora va faunaning yo‘q qilinishi)ga qarshi kurash; eskalatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik; nizo yakunlanganining mustahkamlanishini o‘z ichiga oladi.
Ukraina yetakchisi Minsk kelishuvlariga qaytilishini istisno qildi, chunki, uning so‘zlariga ko‘ra, ular darhol buziladi. Kiyev Moskvaga vaqt berib, kuch to‘plab olish imkonini bermasligi kerak, deb hisoblaydi u.
Mavzuga doir:
Izoh (0)