Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi video nutqi chog‘ida Ukraina tomonidan ishlab chiqilgan besh bandli “tinchlik formulasi”ning tarkibiy qismlarini sanab o‘tdi.
U dastlabki to‘rtta bandni Rossiyani sanksiyalar, izolyatsiya va maxsus tribunal orqali jazolash, Kiyevga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish orqali ukrainaliklarning hayotini himoya qilish, mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash hamda xavfsizlik kafolatlariga rioya qilish deb atadi.
“Beshinchi band — dunyoning Ukraina atrofida birlashishdagi jasorati”, — deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Rossiya bilan tinchlik kelishuvlari bo‘yicha Ukraina tomonidan taklif etilmagan har qanday variant rad etilishini aytdi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina betaraf maqomda qolmasligini, chunki Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lish istagi Ukraina konstitutsiyasida mustahkamlanganini ta’kidladi.
Izoh (0)