Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tezroq tugatish tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Bizning maqsadimiz harbiy mojaroning g‘ildiragini aylantirish emas, aksincha urushni tugatish. Bunga intilamiz va bundan keyin ham harakat qilamiz. Buning bajarilishi qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi”, — dedi Rossiya rahbari.
U Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini rad etmasligini qayd etdi. Jangovar harakatlarning borishi haqida gapirar ekan, Putin “jangovar harakatlarning kuchayishi asossiz yo‘qotishlarga olib kelishi”ni ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Moskva AQSHning Ukrainaga Patriot tizimini yetkazib berayotganini inobatga olishi, bu qurolga qarshi vosita topilishiga ishontirdi.
“Patriot’ga kelsak, bu juda eski tizim, aytaylik, bizning S-300 kabi ishlamaydi. Ammo, shunga qaramay, bizga qarshi bo‘lganlar bu mudofaa quroli ekanini biladi. Shunchaki buni inobatga olamiz”, — deydi Rossiya rahbari.
Putin Amerika havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishi Ukrainadagi mojaroni uzaytirishini aytdi. “Bu ishni behuda qilishyapti. Bu faqat mojaroni uzaytirish, tamom”, — dedi u va Rossiya Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmaganini qo‘shimcha qildi.
“Barcha qurolli to‘qnashuvlar u yoki bu tarzda diplomatik yo‘ldagi qandaydir muzokaralar bilan tugaydi. Hech qachon muzokarani rad etganimiz yo‘q. Ukraina rahbariyati muzokara olib borishni o‘ziga man qilgan.
Shunday bo‘lsa-da, ertami-kechmi, albatta, ziddiyatli vaziyatda bo‘lgan har qanday tomonlar o‘tirib, kelishib oladi. Bu bizga qarshi chiqqanlarga qanchalik tez yetib borsa, shuncha yaxshi”, — dedi u.
Mavzuga doir:
Izoh (0)