• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    And tog‘laridagi halokat sabab o‘lgan insonlar go‘shtini yeb, 73 kun jon saqlagan yo‘lovchilar va SSSR sobiq ichki ishlar vaziri Beriyaning otilishi. Kun xronologiyasida 23-dekabr

    23-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan And tog‘larida halokatga uchrab, 73 kun davomida sovuqda jon saqlagan yo‘lovchilar hamda SSSR sobiq ichki ishlar vaziri Lavrentiy Beriyaning otilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Odam go‘shtini yeb, omon qolishga majbur bo‘lgan yo‘lovchilar

    Bundan 50 yil oldin 23-dekabr kuni Air Force kompaniyasining And tog‘larida halokatga uchragan 571-reysida omon qolgan 16 kishi 73 kundan keyin qutqarilgan edi. Ular omon qolish uchun halok bo‘lgan yo‘lovchilarning jasadlari bilan oziqlanishga majbur bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Fairchild FH-227D samolyot regbi bo‘yicha Old Christians havaskor jamoasi tomonidan ijaraga olingandi Sportchilar Santyagoga ketayotgan bo‘lgan — u yerda inglizlarning Old Boys jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkazilishi kerak edi. Samolyot bortida jamoaning 19 vakili, ularning oila a’zolari, do‘stlari va muxlislar — jami 40 kishi havoga ko‘tarilgan, parvozni besh nafar ekipaj a’zosi ta’minlagan. Parvoz yo‘li And tog‘lari ustidan o‘tgandi.

    Samolyot Montevideodan 1972-yil 12-oktabr kuni havoga ko‘tarilgan. Biroq barchasi kutilganidek bo‘lmagan: tog‘ tizmasi ustidagi bo‘ron fronti tufayli ekipaj Argentinaning Mendosa shahriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Siklon tinchimagani sabab ular tunni o‘sha yerda o‘tkazgan. Parvozni davom ettirishga ertasi kuni soat 14:18 da ruxsat berishgan. Uchuvchi radioaloqa orqali Malargeu aeroporti dispetcherlariga soat 15:12 da Planchon dovoniga yetib borishlarini aytgan: u yerdan Kuriko shahriga uchish va Santyago yo‘nalishida pastlashni boshlashi mumkin edi.

    Hisob-kitoblardagi xatolik sabab ekipaj pastlash uchun muddatidan oldin ruxsat so‘ragan. Keyinroq aniqlanishicha, uchuvchi samolyot parvozini sezilarli darajada sekinlashtirgan kuchli shamolni hisobga olmagan. Natijada layner siklonga to‘g‘ri kelib qolgan va uchuvchi samolyotni ko‘r-ko‘rona boshqargan. Shu bois to‘qnashuvdan qochish imkonsiz edi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Parvozdan taxminan 90 daqiqa o‘tib, biz havo o‘rasiga tushib qoldik, keyin yanada bitta chuqurrog‘iga duch keldik va uchuvchi ‘menga kuch beringlar’, deb baqirdi. Samolyot tog‘ tomon ketayotganini his qilardim. Keyin qattiq gumburlash eshitildi, qanot qoyaga urildi. Boshimni oyoqlarim orasiga yashirib, ko‘zlarimni yumdim. 24 yoshimda o‘lib ketishimga ishonchim komil edi”, — deya eslaydi Xose Luis Insiarte ismli yo‘lovchi.

    Samolyot qoyaga urilgan zahoti ikkala qanoti va dum qismidan ajralgan. Fyuzelyajning qolgan qismi 725 metr balandlikdan muzlikka qulagan. Halokat oqibatida o‘ndan ortiq yo‘lovchi halok bo‘lgan: birinchi to‘qnashuv vaqtida salondan bir necha kishi tushib qolgan, yana besh nafari — qulaganidan keyin. Ertasi kungacha 27 kishi omon qolgan, ammo ayrim yo‘lovchi va bir nafar ekipaj a’zosi uchun tan jarohati halokatli edi. 24 kishiga deyarli hech qanday shikast yetmagandi.

    Nando Parrado ismli omon qolgan yo‘lovchining yozishicha, halokatning dastlabki soatlarida “hech nimani his qilishmagan — na qo‘rquv, na g‘am-alam, na vaqtning o‘tayotgani, faqat qora va mutloq tinchlik”.

    Tirik qolgan yo‘lovchilar qutqaruvchilar kelishini kutishga qaror qilgan. Ular fyuzelyaj bo‘laklari orasiga yashirinib, chamadonlardan himoya devori ko‘targan va qutqaruvchilarning professionalligiga umid qilgan. Shu bilan birga, samolyot bo‘laklari orasidan topilgan radiopriyomnik yo‘qolgan samolyot qidirilayotgani to‘g‘risida xabarlarni uzatib turgan. Operatsiyaga uchta davlat — Urugvay, Argentina va Chili qutqaruvchilari jalb etilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Yo‘lovchilar o‘zlarining tezda topilishiga mutlaq ishongan, ammo bu sodir bo‘lmaydi. Muammo shundaki, hech kim laynerning aniq marshrutini bilmagan, hatto uchuvchi ham pastlash vaqtida dispetcherga xato ma’lumot bergandi. Havodan turib halokat joyini kuzatish esa deyarli imkonsiz bo‘lgan: oq samolyot muzliklar bilan birlashib ketgandi.

    Qariyb 30 kishi dunyodan yegulik, suv va issiq kiyimlarsiz uzilib qolgandi. Buning ustida ular qulagan balandlikda kislorod darajasi kam bo‘lgan, nafas olish qiyin edi. Regbi jamoasining shifokori samolyot qulaganida halok bo‘lgan, shu sababli uning majburiyalari noprofessionallar — tibbiyot kollejining birinchi bosqichida o‘qiydigan ikki regbichi zimmasiga tushgan.

    Suv bilan bog‘liq masala tezda hal etilgan: bir nechta metall bo‘laklari taxlanib, ular ustiga to‘plangan qor quyoshda eritilgan. Haqiqiy muammo — yegulik edi. Samolyot oziq-ovqatga to‘la bo‘lgan taqdirda ham bir necha kunga yetardi xolos. Omon qolganlarga esa o‘zini tiklab olishi va ekstremal sovuqda muzlab qolmaslik uchun energiya talab etilardi.

    Yegulik zaxiralari tugaganida, halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilariga yomon xabar yetib keladi: qidiruv-qutqaruv operatsiyalari to‘xtatilgandi.

    Omon qolganlar birinchi ekspeditsiyani tuzadi: uch nafar erkak samolyotning ajralib tushgan dum qismiga yetib borib, u yerdagi biroz yegulik va kiyim-kechaklarni topib qaytishi kerak edi. Ular Chili tomon harakatlanishni rejalashtirgan, biroq muzlama erkaklarni ortga qaytishga majbur qiladi. Fyuzelyajga akkumulyatorni olib kelish rejasi ham omadsiz kechadi — u juda og‘ir edi.

    Tirik qolganlar ochilikda o‘zlarining halok bo‘lgan do‘stlari jasadlarini yeyishga majbur bo‘ladi. Samolyotda uchgan deyarli barcha katolik edi va bu fikrni qabul qila olmagan. Ammo ochlikni yengib o‘tishning boshqa iloji bo‘lmagan. Yo‘lovchilardan biri keyinchalik qolganlar omon qolishi uchun agarda o‘zi o‘lib qolsa jasadini yeyishlari mumkinligini aytganini tan olgan.

    “Inson go‘shtini yeyish oson emas. Miyani bu ishni qilishga majburlash kerak. Og‘zimni ocha olmaganman, keyin esa qiyinchilik bilan chaynagan go‘shtlarimni yutishga majburlaganman”, — degandi Xose Luis Insiarte.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    12-dekabr kuni Nando Parrado, Antonio Vizintin va Roberto Kanessa butun dunyoga Fairchild FH-227D yo‘lochilari omon qolganini aytish va qutqaruvchilarni olib kelish uchun Chili tomonga yo‘l oladi. Ikki kundan keyin Vizintin ikki kundan keyin ortga qaytgan, ammo parrado va Kanessa kasallik hamda qiyinchiliklarga qaramay, aholi punktiga qadar yetib borgan. To‘qqiz kundan keyin ularni Serxio Katalana ismli mahalliy aholi qarshi olgan va u rasmiylarga halokatdan omon qolganlar haqida ma’lumot bergan.

    Tirik qolgan yo‘lovchilarni vertolyotlarda ikki kun davomida evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan — noqulay ob-havo sharoiti sabab tezroq ishlash imkonsiz edi. Omon qolganlar sodir bo‘lgan voqea haqida matbuotga batafsil so‘zlab bergan, keyinchalik bu bo‘yicha bir nechta kitob ham yozilgan.

    Beriyaning otilishi

    1953-yil 23-dekabr kuni Moskvada SSSR sobiq ichki ishlar vaziri Lavrentiy Beriya va uning atrofida bo‘lgan olti kishi otish yo‘li bilan qatl etilgandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Stalinning o‘limdan keyin Beriya ulkan hokimiyatni qo‘lga kiritadi. U va nihoyat SSSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosariga aylangan, shu bilan birga, o‘z tarkibida militsiyadan tashqari, razvedka, kontrrazvedkani birlashtirgan IIVni boshqarardi. Bu esa Beriyaning Kreml rahbariyatida hamkasblarini qo‘rquvga solishi tabiiy edi.

    “Xalqlar otasi”ning vafotidan keyin Beriya maxsus xizmatlarni o‘z tarafdorlari yordamida boshqargan. Davlat xavfsizligi xalq komissariatini unga sodir bo‘lgan Vsevolod Merkulov boshqargan, NKVD apparatidagi aksariyat amaldorlar Beriyaga sodiq edi. Ammo 1946-yil martda Stalin davlat xavfsizligi tizimida o‘zgartirishlarni amalga oshirgan. Davlat xavfsizligi vazirligiga “Smersh” harbiy kontrrazvedkasi qo‘shilgan va unga Abakumov boshchilik qilgan.

    1951-yilda Beriya Malenkov bilan birga Abakumovning lavozimdan chetlatilishi va hibsga olinishiga erishgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Beriya sobiq sovetlar tarixidagi eng xavfli va kuchli kadrlardan biri edi. U kelib chiqishi bilan ham Stalinga yaqin bo‘lgan. Ziyrak, o‘z ishining ustasi edi. Garchi 1945-yili davlat xavfsizlik xizmati rahbarligidan ketgan bo‘lsa-da, tez orada Stalinning birinchi o‘rinbosariga aylandi va xavfsizlik xizmatini nazoratda ushlashda davom etdi. Bundan tashqari, siyosiy byuro a’zosiga aylandi. Xavfsizlik xizmatida ishlagan biror rahbar bunday yuksak ishonch va hurmatga ega bo‘lmagandi.

    9-martda Stalinning dafn marosimini tashkil etadi. Dafn marosimini tashkil etish guruhi rahbari etib Xrushchyov tayinlangan. Malenkov, Beriya va Molotovlarga so‘nggi so‘z berilgan. Ular Stalinni so‘nggi manzilga kuzatishda so‘z olib, marhumning bosib o‘tgan yo‘lini qisqa satrlarda eslab o‘tishdan tashqari sobiq sovetlar davlatining kelajagi qanday bo‘lishi haqida ham gapirib o‘tgan.

    14-mart kuni kommunistlar partiyasining navbatdagi plenumi tashkil etiladi. Bu plenumda endi Malenkovga tashlanib qolishgan. Natijada uni partiya rahbarligidan voz kechish hamda oddiy kotib bo‘lib qolishga rozi qilishadi. Xrushchyov esa davlat rahbari sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ladi.

    1953-yil 17-iyunda Germaniyada ishchilarning norozilik aksiyalari yuzaga kelgan. Bu aksiyalar mamlakatning bir nechta shaharlarida tashkil etilgandi. Beriya bu namoyishlarga barham berish niyatida bir necha kunga Germaniyaga jo‘nab ketgan. Ana shundan Xrushchyov, Malenkov va Bulganin unumli foydalanib qolish ilinjida Beriyaga qarshi koalitsiya tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Beriyani qamoqqa olish uchun esa juda obro‘li va baquvvat shaxslar, kuch talab etilardi. Bu rolga marshal Jukov munosib deb topiladi. Jukov o‘shanda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritardi.

    25-iyun kuni Jukovni prezidium yig‘ilishiga chaqirishgan va Malenkov, Xrushchyov Beriya davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotgani, shuning natijasida prezidiumdagilarning barchasini yo‘q qilish payiga tushganini ma’lum qilgan. Keyin esa Jukovga Beriyani ertangi yig‘ilish paytida qamoqqa olish vazifasi topshirilgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Bu haqiqatan g‘alati qaror edi. Sababi, harbiylar o‘shanda siyosatga umuman aralashishmasdi. Bu taxlit ishlarni chekistlar amalga oshirardi. Darhol Moskva shahriga bir nechta harbiy qismlar joylashtirilgan. Ularning vazifasi Beriyaga tegishli kuchlar qarshilik ko‘rsata boshlasa, barchalarini siquvga olishdan iborat edi. Barchasi taxt qilib qo‘yilgan. Yig‘in boshlanishidan bir necha o‘n daqiqa oldin maxsus aloqa vositalari ishlashdan to‘xtatilgan.

    Beriyani qo‘lga olish operatsiyasi rejasiga ko‘ra, bir guruh generallar alohida xonada o‘tirgan. Ularni yig‘in bo‘layotgan zalga maxsus signal yordamida chaqirib olishgan. Jukov boshchiligidagi generallar shu yerda Beriyani qamoqqa olgan.

    Beriya ustidan sud majlisi 1953-yil 23-dekabrda tashkil etilgan. U qo‘yilgan ayblovlarni bo‘yniga olmagan bo‘lsa-da, sud qatl etish haqida hukm e’lon qilgan. U bilan birga ichki ishlar sohasidagi ko‘plab yuqori lavozimli shaxslar ham shu kunning o‘zida qatl etilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Josuslikda ayblangan fransuz kapitani — “Dreyfus ishi”, Rossiyada uchta poyezd to‘qnashuvi va AQSH yadroviy hujum uyushtiradigan SSSRdagi nishonlar ro‘yxati. Kun xronologiyasida 22-dekabr

    23.12.2022, 09:30   Izoh (0)   36706
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prigojin “Vagner” guruhi KXDRdan qurol-yarog‘ olayotgani haqidagi xabarlarni uydirma deb atadi. Shimoliy Koreya ham raddiya e’lon qildi

    23.12.2022, 09:29

    Zelenskiy AQSHdan qaytishda Polsha prezidenti bilan uchrashdi

    23.12.2022, 09:04

    Isroil kuchlari falastinlik futbolchini otib o‘ldirdi

    23.12.2022, 07:31

    “Vagner” guruhi KXDRdan raketa va o‘q-dorilar sotib oldi — Reuters

    22.12.2022, 23:59

    Putin: “Maqsadimiz — urushni tugatish”

    22.12.2022, 23:18

    “Daryo” kundaligida 22-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    22.12.2022, 22:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.