Isroil kuchlari Nablus shahridagi reyd chog‘ida 23 yoshli falastinlik futbolchi Ahmed Daragmehni otib o‘ldirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Falastinlik shifokorlar mazkur ma’lumotni tasdiqlagan, hodisa to‘qnashuvlar chog‘ida yuz berib, besh kishi yaralangan. Falastinliklar voqeani videoga yozib olgan, unda o‘q ovozini eshitish mumkin. Daragmeh Tubas shahridan bo‘lib, G‘arbiy Sohil nomidan “Taqafi Tulkarem” klubida to‘p surgan.
Mashhur arab futbol sayti Kooora uni oltita gol urib, mavsumda jamoaning eng yaxshi to‘purari sifatida qayd etgan. Uning to‘qnashuvlarda ishtirok etagani sababi noma’lum. Isroil harbiylari Nablusga kelganlarida ularga portlovchi moddalar uloqtirib, o‘q uzgan falastinliklarga qarata o‘q uzgani, gumonlanuvchilarga zarba berganini aytmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari tomonidan 150 ga yaqin falastinlik halok bo‘ldi va bu 2006-yildan beri yuqori ko‘rsatkich.
Mavzuga doir:
Izoh (0)