Shamollashning oldini olish va immunitetni mustahkamlash uchun uyda o‘zingiz bemalol tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan oddiy, mazali va foydali obakilardan foydalanishni maslahat beramiz.
Kerakli mahsulotlar:
- shakar — 2/3 stakan;
- limon sharbati — yarimta limondan;
- suv yoki moychechak damlamasi — 2 osh qoshiq;
- maydalangan zanjabil — 1 choy qoshiq;
- qalampirmunchoq — 4 ta;
- asal — 2 osh qoshiq;
- shakar kukuni.
- Qizigan idishga shakar solib, suv yoki moychechak damlamasini quyamiz. Ketma-ketlikda zanjabil, qalampirmunchoq, asal, limon sharbatini ham solamiz.
- Sekinlik bilan aralashtirib, jigarrang bo‘lguncha qaynatamiz.
- Pergament qog‘ozga tayyor suyuqlikni qoshiq bilan oz-ozdan aylana shaklida quyib chiqamiz. Obakilar ustiga shakar kukuni sepamiz.
- Tayyor obakilar sovigach, idishga yig‘ib olamiz.
Izoh (0)