Daryo

Banan va shokolad qo‘shib qaymoqli muss tayyorlaymiz

Banandan tayyorlanadigan bunday shirinlikdan keksga “nachinka” sifatida foydalansangiz ham bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish33 674 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Russian Food

Ushbu mazali shirinlik nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.

Foto: Russian Food
Kerakli mahsulotlar:
  • banan — 2 dona;
  • qaymoq — 200 ml (20 foiz);
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 1 choy qoshiq;
  • shokolad — 50 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
  • artilgan bananlarni bo‘tqa holiga kelguncha ezing.
  • shokoladni qirg‘ichdan chiqaring.
  • bananga limon sharbati qo‘shib yaxshilab aralashtiring.
  • qaymoqqa shakar va bananni qo‘shib blenderda aralashtiring.
  • aralashmani idishga solib, ustini qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad va banan bo‘lagi bilan bezang.
  • banandan tayyorlanadigan bunday shirinlikdan keksga “nachinka” sifatida foydalansangiz ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar