Daryo

Oddiy va oson: bananli muzqaymoq retsepti

Xushta’m bananlardan blender yordamida muzqaymoq tayyorlaymiz

1 daqiqa o‘qish23 936 ko‘rishlar0 izoh0

Mazkur shirinlik uchun faqat bittagina mahsulot — banan kerak bo‘ladi. Xushta’m mevalardan blender yordamida muzqaymoq tayyorlaymiz.

Foto: Getty Images

Kerakli mahsulotlar: pishib o‘tib ketmagan sarxil banan — 1-2 dona

Tayyorlanish jarayoni:
  1. bananlarni bir xil kattalikdagi bo‘laklarga bo‘lib oling;
  2. to‘g‘ralgan bananlarni qopqoqli idishga yoki maxsus paketga solib, muzlakichda 2-3 soatga muzlatib oling;
  3. muzlagan bananlarni blenderda quyuq massa holiga kelgunicha yaxshilab ezing.
  4. bananlar oqarib, deyarli krem holatiga kelishi lozim;
  5. so‘ngra ezilgan bananni qopqopli idishga solib, 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar