• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirollik oilasi mojarolari, Gavayidagi suv toshqinlari, cho‘kib ketgan muhojirlar, koinotda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan Fransiya. Jahon hafta ichida

    Mart oyining ikkinchi haftasini ham yakunlab oldik. An’anaga muvofiq hafta davomida jahon sahnida yuz bergan eng muhim voqealarni eslab o‘tsak.

    Buyuk Britaniya qirollik oilasi mojarolari

    Aytish mumkinki, o‘tgan haftaning eng ko‘p muhokama qilingan voqeasi Buyuk Britaniya qirollik oilasi bilan bog‘liq. Gap shundaki, Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl amerikalik mashhur teleboshlovchi Opra Uinfriga intervyu berdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Intervyu Toshkent vaqti bilan 8-martga o‘tar kechasi Amerikaning CBS telekanalida, 9-martga o‘tar kechasi Britaniyaning ITV telekanalida namoyish qilindi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kanallar intervyuning translyatsiyasi huquqi uchun kamida 8,4 million dollar to‘lagan. Ammo xarajatlar o‘rni allaqachon qoplangan bo‘lishi mumkin, chunki translyatsiya AQShda 17 million kishini, Buyuk Britaniyada 12 million kishini ekran qarshisiga “mixlagan”.

    Garri va Megan nimalar haqida gapirgan edi?

    Shahzoda Garri va Megan Markl rasmiy to‘y marosimidan uch kun oldin yashirincha turmush qurgan. Qirollik oilasining ba’zi a’zolari juftlikning birinchi fazandi Archining tanasi qoramag‘iz bo‘lishidan xavotirlangan (bu aynan kim ekanligi noma’lum, ammo qirolicha Yelizaveta II yoki uning eri shahzoda Filipp emas). Bolaga shahzoda unvoni berilmagan. Britaniya OAV bu masalada izoh so‘rab, Meganni ta’qib qilgan, ammo qirollik oilasi uni jamoatchilik oldida tilini tiyib yurishga majbur qilgan. Megan o‘z joniga qasd qilish haqidagi xayollargacha borgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Megan va Garri qirollik oilasidan yordam so‘raganida, ular yordam bermagan. Juftlikning qirollik vakolatlaridan voz kechishi Garrining otasi shahzoda Charlz bilan ziddiyatga borishiga va akasi shahzoda Uilyamdan uzoqlashishiga sabab bo‘lgan. Qirollik oilasi Garri va Meganni moliyaviy ta’minlashni to‘xtatgan, shuning uchun ular Netflix va Spotify bilan shartnoma tuzgan. Ularning yozda tug‘iladigan ikkinchi farzandi qiz bo‘lishi kutilmoqda.

    Mazkur intervyudan keyin butun dunyoning nigohi qirollik oilasiga qaratildi. OAVdan tortib oddiy odamlargacha muhokama qildi. Hammaga qirolicha Yelizaveta II ning qanday munosabat bildirishi qiziq bo‘ldi. Voqelik haqida bu yerda batafsil o‘qishingiz mumkin.

    Gavayidagi suv toshqinlari

    O‘tgan haftada Gavayi orollarida suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Natijada ko‘plab uylar va binolar, ko‘priklar vayron bo‘ldi. Toshqinga Marui shahrida to‘g‘on buzilishi sabab bo‘lgan. Xaykudagi to‘g‘on 8-mart kuni buzilgan. Uzoq davom etgan sel vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Daryo bo‘yida yashaydigan mahalliy aholiga boshqa yerga ko‘chish tavsiya qilingan.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    “Xayku hududidagi Kaupakalua to‘g‘onining quyi qismida joylashgan barchani evakuatsiya qilish buyurilgan”, — deyiladi shtat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotida.

    Odamlarga vaqtincha maxsus ochiq evakuatsiya markazlarida qolish taklif etildi.

    Hukumatdagilarning fikriga ko‘ra, to‘g‘onning buzilishi “odamlar hayoti uchun xavfli toshqinlar va mol-mulkka katta zarar yetkazish” kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

    Toshqin oqibatida uylar va daryoning ko‘priklari vayron bo‘lgan. Shuningdek, 1300 ga yaqin xonadon elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

    Mahalliy aholi oxirgi 40 yil ichida bunday kuchli suv toshqini kuzatilmaganini ta’kidlamoqda. Odamlar 15 daqiqa ichida butun boshli ko‘chaning suv ostida qolganiga guvoh bo‘lgan.

    O‘rta Yer dengiziga g‘arq bo‘lgan migrantlar

    O‘rta Yer dengizining Tunis qirg‘oqlari yaqinida ichida noqonuniy ko‘chayotgan muhojirlar bo‘lgan ikkita qayiq ag‘darilib, cho‘kib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qayiqlar Italiyaning Lampeduza oroli tomon ketayotgan edi. Halokat oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Ularning barchasi Afrika mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan.

    Sohil xavfsizlik xizmati 165 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qayiqlarda qancha odam bo‘lgani hozircha noma’lum.

    Avvalroq Turkiya sohillari yaqinidagi kema halokatida 4 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan, fojia yomon ob-havo sharoiti tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi.

    Shuningdek,  Rossiya bayrog‘i ostidagi “Arvin” quruq yuk tashuvchi kemasi Qora dengizda, Turkiyaning Bartin viloyati sohillari yaqinida cho‘kib ketgani, falokat tufayli ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.

    Koinotda harbiy mashg‘ulotlar

    Fransiya harbiylari mamlakat Qurolli kuchlari tarixida birinchi marta 8-mart, dushanba kuni koinotda o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘quv mashg‘ulotlar 1965-yilda uchirilgan birinchi fransuz sun’iy yo‘ldoshiga bag‘ishlanib, AsterX deb nomlandi. Mashg‘ulotlar paytida harbiylar o‘ta xavfli kosmik obyekt va Fransiya sun’iy yo‘ldoshiga nisbatan tahdidlarni kuzatib boradi.

    “Ssenariy bo‘yicha bir qator voqealar yuz beradi va bizning kosmik infratuzilmamizga nisbatan inqirozli vaziyatlar va tahdidlar paydo bo‘ladi, lekin bu hammasi emas” — deydi kosmik kuchlar qo‘mondoni Mishel Fridling Tuluzadagi qo‘mondonlik shtabida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. U mashqlarni “bizning (fransuzlarning) tizimlarimiz uchun stress sinovi” deb atadi va ular “Fransiya armiyasi va hatto Yevropa uchun birinchi” ekanini ta’kidladi.

    OAV xabarlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda AQSh kosmik kuchlari va Germaniya kosmik agentliklari ham ishtirok etmoqda. Ular 12-mart, juma kunigacha davom etadi.

    Ma’lumot uchun, Fransiya kosmik kuchlari qo‘mondonligi 2019-yilda tashkil etilgan. 2019—2025-yillarda uni moliyalashtirishni 5 milliard dollarga, xodimlar sonini esa 500 kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

    15.03.2021, 14:10   Izoh (0)   88085
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston hukumati vakolatxonasi O‘zbekistonning So‘x anklaviga koridor berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi

    15.03.2021, 11:46

    AstraZeneca vaksinasi atrofidagi shov-shuv davom etmoqda, Parij kasalxonalarida joy qolmadi, Moldovada favqulodda holat e’lon qilinadi. Koronaxabarlar

    15.03.2021, 11:22

    Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoyga qum bo‘roni yopirildi (video)

    15.03.2021, 09:50

    OAV: Britaniyada Suriya prezidentining rafiqasiga nisbatan surishtiruv boshlandi

    14.03.2021, 21:14

    Ispaniyada narkotiklarni tashishga mo‘ljallangan suvosti kemasi ushlandi

    14.03.2021, 20:34

    Turkiyada turizm xodimlari koronavirusga qarshi navbatdan tashqari emlanmoqda

    14.03.2021, 20:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.