Gavayida Maui okrugidagi Kaupakalua to‘g‘onining “yaqin orada buzilishi” xavfi tufayli aholi evakuatsiya qilgani e’lon qilindi. Bunga uzoq muddatli yomg‘irlar sabab bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Press Las Vegas

“Xayku hududidagi Kaupakalua to‘g‘onining quyi qismida joylashgan barchani evakuatsiya qilish buyurilgan”, — deyiladi shtat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotida.

Odamlarga vaqtincha maxsus ochiq evakuatsiya markazlarida qolish taklif etildi.

Hukumatdagilarning fikriga ko‘ra, to‘g‘onning buzilishi “odamlar hayoti uchun xavfli toshqinlar va mol-mulkka katta zarar yetkazish” kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.