Yupqagina, qarsildoq va mazali qush tili tayyorlash uchun ko‘p vaqt ketmaydi. Bu shirinlik bolajonlarga yoqishi aniq.
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum — 2 ta;
- un — 200—230 gr;
- o‘simlik yog‘i — 500 ml;
- shakar kukuni;
- tuz.
- Tuxumga tuz solib, yaxshilab aralashtiring. So‘ngra elangan un solib, yumshoq xamir qoring.
- Xamirni zuvala qilib, sochiq bilan ustini yoping va 20—25 daqiqaga iliq joyda tindiring.
- Tingan xamirni bo‘laklarga bo‘ling. Har bir bo‘lakni yupqa qilib yoyib, romb shaklida kesib chiqing. Rombning o‘rtasini vertikal qilib kesing.
- Tayyor romblarning ikki chetini o‘rtadagi teshikdan qayirib chiqarib oling.
- Qizigan olovda xamir bo‘laklarini tillarangga kirguncha qovurib oling.
- Pishgan qush tilini qog‘oz salfetkalarga soling. Yog‘i shimilgandan so‘ng, ustiga shakar kukuni seping.
Izoh (0)