Tvorogli omletni tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i 5 daqiqa vaqt talab etiladi.
Kerakli mahsulotlar:
- O‘simlik yog‘i − 3-5 tomchi;
- Tuxum − 2 dona;
- Tvorog − 2 osh qoshiq;
- Parmezan pishlog‘i − 2 choy qoshiq;
- Ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Avokado − 1/4 dona;
- Pomidor − 1 dona;
- Pishloq − ta’bga ko‘ra.
- Mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladigan maxsus idish yog‘lanadi.
- Tuxum chaqilib, yaxshilab aralashtiriladi.
- Tvorog, maydalangan ko‘k piyoz, pishloq, tuz va murch qo‘shib aralashtiriladi.
- Aralashma idish ichiga solinadi.
- Mikroto‘lqinli pechga 30 soniyaga qo‘yiladi, so‘ngra aralashtirilib, yana 30 soniyaga qo‘yiladi.
- Keyingi safar 45-60 soniyaga, omlet pishguniga qadar qo‘yiladi.
- Tayyor bo‘lgan omletga pomidor, avokado, murch va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.Yoqimli ishtaha!
Mavzuga doir:
- Nonushtaga Mish-mash — sabzavotli omletini tayyorlab ko‘ring
- Bunaqasini hali tatib ko‘rmagansiz: kartoshka va tuxumdan mazali taom
- 15 daqiqa ichida makarondan chipslar tayyorlaymiz
- Bor-yo‘g‘i to‘rtta mahsulot ketadigan go‘shtli maffinlar tayyorlab ko‘ring
- Nonushtaga pishloqli pechenye tayyorlab ko‘ring
Izoh (0)