Kuba 6-fevraldan boshlab orolga tashrif buyuradigan barcha uchun karantinni majburiy etib belgiladi, deb xabar bergan “Interfaks”.
“Hozirda Kubada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan. Shu sababli 6-fevraldan mamlakatga kiruvchilar uchun 5 kunlik majburiy karantin joriy etildi. Izolyatsiyadan mustaqil turistlar va kubaliklar o‘tishi kerak bo‘ladi. Mazkur taqiq Kayo-Koko va Kayo-Gilyermo kurortlariga sayohati avvaldan rejalashtirilgan sayyohlarga taalluqli emas”, — degan Kubaning Rossiyadagi elchixonasi turizm bo‘yicha maslahatchisi Xuan Karlos Eskalona Pelyiser.
Pelyiserning aniqlik kiritishicha, mustaqil turistlar o‘z-o‘zini yakkalash tartibini mehmonxonalarda o‘z hisobidan amalga oshiradi, Kuba fuqarolari esa karantinni maxsus markazlarda bepul o‘tkazishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu kabi choralar 15-21 kun davom etadi. Kuba hukumati fevral o‘rtalarida kasallanish o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqishini kutmoqda. Shu bilan birga, ushbu davrda koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish ishlari ham boshlanadi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi shtammi tufayli chegaralarni yopib, xalqaro parvozlarni to‘xtatgani, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida COVID-19 tufayli cheklovlar yana kuchaytirilayotgani, Yevropa Ittifoqi Shengen hududiga kirish uchun qo‘shimcha cheklovlarni joriy etgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Fransiya, Chexiya va Germaniya mamlakatga kirish cheklovlarini kuchaytirdi
- Kanadada mamlakatga kirish tartibi kuchaytirildi
- Buyuk Britaniya va yana yetti davlatdan O‘zbekistonga keluvchilar uchun qo‘yilgan cheklovlar 1-martga qadar uzaytirildi
- Finlyandiya koronavirusning yangi shtammlari tufayli sayyohlarning mamlakatga tashrifini cheklab qo‘ydi
Izoh (0)