Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi Livan va Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegoviniyaning bir qismi)da ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Livan va Serb Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, “Sputnik V” vaksinasi yo‘riqnomasida saratonga chalinganlarni emlashga qarshi ko‘rsatmalar paydo bo‘lgan. Unga ko‘ra, dori onkologik bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
“Sputnik V” vaksinasidan foydalanish ilgari Jazoir, Argentina, Belarus, Boliviya, BAA, Vengriya, Serbiya, Falastin, Venesuela, Paragvay, Pokiston, Turkmaniston va Eronda tasdiqlangan edi. Vaksina ishlab chiqarishni moliyalashtiradigan Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq davlat Rossiya vaksinalariga qiziqish bildirgan.
Avvalroq Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov “Sputnik V” vaksinasi Ukrainada ro‘yxatdan o‘tkazilmasligini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, “qaysidir siyosiy kuch Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida qandaydir vasvasa keltirib chiqargan”, ammo Kiyev “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi.
Izoh (0)