• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Berdimuhamedov sanoat sektori ishini tanqid qildi va Turkmanximiya rahbariga qattiq tanbeh berdi

    Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ketma-ket uch kun Turkmaniston hukumati a’zolari bilan ularning 2020-yildagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar qildi.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Ta’kidlanishicha, 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish qurilish-sanoat kompleksini rivojlantirishga bag‘ishlandi.

    Qurilish va sanoat uchun mas’ul vazirlar va rahbarlarga so‘z berishdan oldin Berdimuhamedov ushbu soha milliy iqtisodiyot uchun muhim sohalardan biri ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, katta miqdordagi davlat mablag‘lari kiritilishiga qaramay, ushbu sohada kamchiliklar va foydalanilmagan zaxiralar mavjud.

    Davlat rahbari birinchi bo‘lib Qurilish va arxitektura vaziri Rahim Gandimovning ishini tanqid qildi, unga ilg‘or texnologiyalarni qurilishga yanada kengroq joriy etish, shuningdek, mintaqaning seysmik faolligini hisobga olgan holda me’moriy loyihalarni ishlab chiqishga ilmiy yondashish topshirildi.

    Navbatdagi hisobotni Prezidentning o‘g‘li, sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri Sardar Berdimuhamedov taqdim etdi. U mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarish rejasi bajarilganini e’lon qildi.

    Kichik Berdimuhamedov “Turkman alabayi” Xalqaro assotsiatsiyasi uchun itlarga boshpana qurish haqida gapirib, ushbu ishlarni Mustaqillik kuniga (27-sentabr) qadar yakunlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini aytdi.

    Sardar Berdimuhamedovning ishi bo‘yicha davlat rahbarining hech qanday shikoyati bo‘lmagan, ammo unga korxonalarni to‘liq quvvatda ishlatish, qurilish obyektlarini import o‘rnini bosuvchi sanoat va qurilish mollari bilan ta’minlashni yaxshilash, yangi elektron mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Energetika vaziri Charimirat Purchekov aholi va sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash va eksport yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

    Hisobot natijasida vazirga gaz turbinasi zavodlari, elektr stansiyalari va liniyalarida ta’mirlash ishlarini olib borish, shuningdek, ularni zaxira va sarf materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. “Import qilingan xomashyo to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan qulay narxda sotib olinishi kerak”, – dedi Berdimuhamedov.

    Prezident ta’kidlashicha, umumiy ishlab chiqarish quvvatining atigi 44,8 foizi energetika sohasiga to‘g‘ri keladi va mamlakatdagi elektr stansiyalarida o‘rnatilgan 36 ta gaz turbinasidan faqat ikkitasi kapital ta’mirlangan va yana ikkitasida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. To‘qqizta obyektda gaz turbinasi uskunalarini kapital ta’mirlash kerak.

    29-dekabr kuni Ashxobodga va Turkmanistonning Axal, Lebap hamda Toshhovuz viloyatlaridagi bir qator aholi punktlariga elektr energiyasi yetkazib berish Maridagi bug‘ va gaz elektr stansiyasida sodir bo‘lgan portlash tufayli to‘xtatilgan. Baxtsiz hodisa sifatsiz texnik xizmat tufayli sodir bo‘lgan.

    Turkmanximiya davlat konserni rahbari Niyazli Niyazlev har xil turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish rejalari va kimyo korxonalarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

    Shunga qaramay, Berdimuhamedov Niyozlevning ishidan norozi bo‘ldi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Tejenkarbamid zavodi quvvati atigi 53,7 foizga, Marikarbamid zavodi 62,5 foizga, Mariazot ishlab chiqarish birlashmasi esa atigi 23 foizga foydalanishi ta’kidlandi. Natijada Niyazlevga qattiq tanbeh berildi.

    Ashxobod hokimi Yaztagan Gilijov 2020-yilda poytaxt obodonlashtirilishi haqida gapirdi.

    “Xalqimiz rahbarining faoliyati tufayli oq marmar poytaxt – Ashxobodning tashqi qiyofasi tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketdi, hayot darajasi yuqoriligi esa xalqaro standartlarga javob beradi”, – dedi Gilijov.

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yili shaharda 22 ta turli xil obyektlar ochilib, 1984 ta oila uchun uy-joy qurilgan.

    Prezident bu yil hokimlarga Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga qadar ochilishi rejalashtirilgan yangi binolar qurilishini nazorat qilishni buyurdi.

    Turkmaniston davlat arxitektura va qurilish instituti rektori Bayrammyrat Atamanov malakali mutaxassislar tayyorlash to‘g‘risida gapirdi, ularning yordamida Axal viloyatining yangi markazi uchun binolar va alabay itlarini ko‘paytirish uchun maxsus binolar loyihalari ishlab chiqilgani va amalga oshirilganini ma’lum qildi. Berdimuhamedov Atamanovga universitetda o‘quv va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishni, yoshlarni ham o‘qitishning, ham vatanparvarlik tarbiyasining zamonaviy usullarini joriy etishni buyurdi.

    Bundan tashqari, Atamanovga Turkmanistonda yo‘l qurilishida foydalanish uchun materiallar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.

    Uchrashuv yakunida Prezident qurilish va sanoat majmuasi uchun mas’ul bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Shamuhammet Durdilevga, vazirlar va ixtisoslashgan korxonalar rahbarlariga bir qator ko‘rsatmalar bergan.

    Avvalroq Berdimuhamedov olimlarga kartoshka hosildorligini oshirishni buyurgani, Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi elektron pochtasi chet elga chiquvchi fuqarolarning arizasi ko‘pligidan yuklamani ko‘tarolmagani hamda Berdimuhamedov go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan itlar uchun beriladigan medal dizaynini ma’qullagani haqida xabar berilgandi.

    06.02.2021, 16:15   Izoh (0)   25095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Myanmaning harbiylar tomonidan hibsga olingan prezidenti noma’lum joyga ko‘chirildi

    06.02.2021, 14:26

    Bayden COVID-19’ga qarshi kurash uchun AQSh aholisiga 160 milliard dollar ajratishini va’da qildi

    06.02.2021, 10:32

    Chexiya hukumati pandemiya oldida ojiz qolayotganini tan oldi

    06.02.2021, 09:31

    Britaniyalik yigit 2020-yilda saraton, meningit, sepsis va koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘ldi

    06.02.2021, 08:30

    BMT pandemiya oqibatida terroristik tahdidlar ko‘payganini ma’lum qildi

    06.02.2021, 07:08

    Buyuk Britaniyada bir yil ichida uchinchi bor Xitoy ayg‘oqchisi aniqlandi

    05.02.2021, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.