Finlyandiya hukumati koronavirusning yangi shtammlari tarqalishining oldini olish maqsadida sayohatchilar uchun mamlakat hududiga kirish tartibini kuchaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Foto: EPA

O‘rnatilgan cheklov 27-yanvardan kuchga kirdi va bu Yevropa Ittifoqi hamda Shengen hududida yashovchi turistlarga taalluqli. Mazkur choralar maqsadsiz tashrif buyurganlarga nisbatan qo‘llangan.

Yangi cheklovlar mamlakatga ish izlab kelganlarga ham amal qiladi. Faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasb egalari mamlakatga xizmat safari bilan kelishi mumkin. Buning uchun ish beruvchi Finlyandiyaga kirish uchun xodimining vazifasi qaysi jihatlari bilan muhim va kechiktirib bo‘lmasligiga asosli sabablar ko‘rsatishi lozim.

Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi press-relizida bunday cheklovlar turistlar orqali tarqalayotgan virusning yangi shtammlarini to‘xtatish uchun joriy qilinganligi bayon etilgan.

Avval Avstriya aholisiga 25-yanvardan do‘kon va jamoat transportida odatiy mato niqob o‘rniga yuqori himoyalangan FFP2 respiratorini taqish majburiyati yuklatilgani, Yevropa komissiyasi zarur bo‘lmagan safarlarni qat’iy tavsiya etmagan holda YeI mamlakatlari va Yevropa davlatlari bo‘ylab safarlar bo‘yicha tavsiya etilgan sanitariya choralarini kuchaytirgani haqida xabarlar berilgandi.