• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Indoneziyadagi zilzila, ikkinchi marta impichment olgan Tramp, Turkiyadagi qurg‘oqchilik, Britaniyadagi “brazilcha” koronavirus shtammi. Jahon hafta ichida

    “Daryo” an’anaviy haftalik dayjestida jahonda yuz bergan muhim voqealar haqida hikoya qiladi.

    Ikkinchi impichment

    AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampga nisbatan ikkinchi marta impichment e’lon qilindi. Masala Demokratik partiyaning ko‘pchilik ovozi (222 ta) bilan qabul qilingan, bundan tashqari, Respublikachilar partiyasining 10 ta vakili ham Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishini ma’qullab ovoz bergan.

    Foto: Nikkei

    Foto: Nikkei

    Umumiy hisobda Trampga nisbatan impichmentni palataning 232 a’zosi ma’qulladi. 197 nafar kongressmen esa qarshi ovoz berdi — ularning bari Respublikachilar partiyasidan saylangan vakillardir.

    Trampning hokimiyatdan chetlatilishi masalasini endi 19-yanvarga qadar ta’tilda bo‘lgan AQSh Senati ko‘rib chiqishi kerak, Trampning AQSh prezidenti sifatidagi vakolati esa 20-yanvar kuni yakuniga yetadi.

    Shunday qilib, Tramp prezidentlik muddati davomida ikki marta impichment e’lon qilingan AQSh tarixidagi birinchi davlat rahbariga aylandi. Vakillar palatasi unga nisbatan birinchi impichmentni 2019-yilning dekabrida e’lon qilgan edi (o‘shanda respublikachilarning bari qarshi ovoz bergan, biroq palatada demokratlar ko‘pchilik o‘rin egasi edi), lekin Senat prezidentni hokimiyatdan chetlatishga qarshi chiqqan edi.

    Bloomberg’ning 12-yanvardagi axborotiga ko‘ra, Tramp 6-yanvar kungi voqealar (Kapitoliyning shturm qilinishi) uchun “har qanday javobgarlik”ni rad etgan, impichmentni esa “jodugarlarni ovlash”ga o‘xshatgan.

    13-yanvar kuni Vakillar palatasining majlisi davom etayotgan vaqtda Fox News telekanali Trampning bayonotini tarqatdi, unda prezident “barcha amerikaliklarni xotirjamlikka” chaqirgan.

    “Yangi namoyishlar tashkil etilishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgani munosabati bilan, men hech qanday zo‘ravonlik, hech qanday qonunbuzarlik va hech qanday vandalizm harakatlarini sodir etmaslikka chaqiraman. Bu men qo‘llab-quvvatlaydigan holatlar emas, bu Amerika qo‘llab-quvvatlaydigan holatlar emas”, — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda telekanal sayti.

    Indoneziyada zilzila

    15-yanvar kuni Indoneziyada 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Yerosti silkinishlari G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida qayd etilgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Zilzila natijasida halok bo‘lganlarning umumiy soni 56 kishiga yetgan. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligining aniqlik kiritishicha, eng ko‘p qurbonlar Mamuju shahrida — 47 kishi. Majen shahrida 9 kishi halok bo‘lgan. “Bundan tashqari, Majenda 637 kishi jarohatlangan, shularning 12 nafari jiddiy darajada, 200 nafari o‘rta og‘irlik darajasida va 425 nafari yengil daraja shikastlangan. Mamujuda 189 kishi jiddiy jarohatlar olgan yoki kasalxonaga yotqizilgan”, — dedi agentlik vakili Raditya Jati.

    Zilzila kuchli bo‘lgan, ammo 7 soniyadan uzoq davom etmagan. Epimarkaz 10 km chuqurlikda joylashgan. Yer osti silkinishlari sunamini keltirib chiqarmagan.

    Mintaqa Tinch okeani havzasidagi yoriq chiziqlarda, “olovli halqa”da va vulqonlar yoyida joylashgani uchun, Indoneziyada zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi.

    Hozir Majenda elektr ta’minoti qisman qayta tiklangan. BNPB mahalliy hukumat va ko‘ngillilar bilan birgalikda jabrlanganlarni evakuatsiya qilishda va yerosti silkinishlari oqibatlarini bartaraf etishda davom etmoqda.

    Turkiyada qurg‘oqchilik

    Turkiyada qurg‘oqchilik sabab yirik shaharlar suvsiz qolishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Istanbulni suv bilan ta’minlovchi suv omborida 138 million kub metr suv qolgan. Bu suv zaxirasi taxminan 45 kunga yetishi mumkin. Izmir va Bursani suv bilan ta’minlovchi suv omborlari mos ravishda 36 va 24 foizga to‘lgan. Anqarada suv zahirasi 110 kunga yetishi mumkin, degan poytaxt meri Mansur Yavash.

    Foto: Daryo

    Foto: Daryo

    Qurg‘oqchilikka 2020-yilning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning rekord darajada kamayishi sabab bo‘lgan. Xususan, noyabr oyida bir yil avvalgiga qaraganda 50 foiz kamroq yog‘ingarchilik bo‘lgan.

    Bundan tashqari, mutaxassislar mavjud vaziyatning sabablari sifatida urbanizatsiya jarayonida o‘rmonlarning me’yoridan ortiq kesilishi va yashil maydonlarning qisqarishi, sanoatlashtirish, aholi sonining ko‘payishi va iqlim o‘zgarishini ko‘rsatmoqda.

    O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab ushbu sabablar tufayli Turkiyada bir necha yirik qurg‘oqchiliklar bo‘lgan. Muhandis-kimyogarlar palatasi mutaxassislari shahar ma’muriyatidan aholi uchun suv me’yorini imkon qadar tezroq joriy etishni o‘ylab ko‘rishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

    Britaniyada “brazilcha” koronavirus shtammi

    Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining “brazilcha” shtammi bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi. Yangi COVID-mutatsiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan professor Vendi Barkleyning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning “brazilcha” variantining ikkita turi mavjud. Ulardan biri Britaniyada qayd etilgan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Virusologning ta’kidlashicha, aftidan, mazkur shtamm mamlakatga “yaqinda” kirib kelgan.

    Uning Braziliyadagi hamkasblariga tayanib qo‘shimcha qilishicha, yangi shtammni yuqtirib olgan odamlarda kasallikning og‘ir belgilari kuzatilmoqda.

    Avvalroq AQShning Ogayo universiteti olimlari koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqlagan edi. Qayd etilishicha, ulardan biri “britancha” shtammga o‘xshash, ikkinchisi virusning yanada yuqumli bo‘lishiga xizmat qiladi.

    Buyuk Britaniya hukumati koronavirusning yuqumliroq turi aniqlanganini dekabr oyi o‘rtalarida ma’lum qilgandi. Keyinchalik SARS-CoV-2’ning ushbu varianti boshqa bir qator davlatlarda aniqlandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virusning ushbu turi dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida aniqlangan.

    Koronainfo

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2 million kishidan oshdi.

    Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoning 191 davlatida kasallanish bo‘yicha 95,1 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 67 milliondan ortiq bemor sog‘aygan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (405 ming kishi), Braziliya (209 ming kishi) va Hindistonda (152 ming kishi) qayd etilgan.

    Kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha AQSh hamon yetakchi bo‘lib turibdi — COVID-19’ni yuqtirib olish bilan bog‘liq 24 milliondan ortiq holat qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,5 million bemor), uchinchi o‘rinda esa Braziliya (8,4 million bemor).

    So‘nggi vaqtlarda koronavirusga chalinish holati ko‘paygani bois Tokio bilan Londonda favqulodda holat, Qozog‘iston hamda Germaniyada koronavirus tufayli cheklovlar kuchaytirildi, Livan va Shotlandiyada esa yana karantin joriy etildi. Italiyada esa favqulodda holat rejimi aprel oyining oxirigacha uzaytirildi.

    18.01.2021, 10:27   Izoh (0)   48236
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isroilda koronavirusga qarshi emlangan 13 kishida yuz falaji yuzaga keldi

    18.01.2021, 10:11

    Qurollangan amerikaliklar to‘rtta shtatdagi parlament binolari qarshisida to‘plandi (video)

    18.01.2021, 09:05

    Daniyada ham koronavirusning “afrikacha” shtammi aniqlandi

    18.01.2021, 08:25

    Buqalar jangi, qorga burkangan Yevropa, yangi tug‘ilgan karkidon. 17-yanvar suratlari

    17.01.2021, 22:27

    Trampning advokati impichment ishi bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi

    17.01.2021, 21:05

    Turkiya sohillari yaqinida Rossiya yuk kemasi cho‘kib ketdi, kamida 2 kishi halok bo‘ldi

    17.01.2021, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.