• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 30-iyun kuni 281 kishida koronavirus aniqlanib, yangi rekord o‘rnatildi. Ikki kishi kasallik oqibatida vafot etdi

    O‘zbekistonda 29-iyun soat 23:30 dan 30-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 281 ta yangi holat aniqlandi. Bu yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 25-iyun kuni 276 kishida kasallik aniqlanishi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turgandi. Koronavirusga chalinish holatlari 8 kundan buyon 200 tadan ko‘p bo‘lmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8503 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 255 nafari karantin muassasalarida;
    • 25 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 13 nafar, Toshkent viloyatida — 9 nafar, Samarqand viloyatida — 3 nafar);
    • 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida) aniqlangan.
    Kun davomida 3 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning barida aholi orasida ham koronavirus aniqlandi.

    Toshkent viloyatida kasallikka chalinish bilan bog‘liq 45 ta holat aniqlandi. Ulardan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 9 nafari aholi orasida va 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida qayd etildi. Viloyatda bir kun avval karantin markazidagi fuqarolarda aniqlangan holatlarni hisobga olmasa, yangi kasallanish holatlari qayd etilmagandi. Xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida esa butun O‘zbekiston bo‘yicha yangi kasallanish holati aniqlanmagan edi.

    Toshkent shahrida aniqlangan 29 ta holatdan 16 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 13 tasi aholi orasida qayd etildi. Poytaxt iyun oyida aholi orasida kasallik aniqlanishi bo‘yicha 21 marta yetakchilik qildi. Toshkent shahrida iyun oyida faqatgina 3-iyun kuni aholi orasida yangi holatlar aniqlanmagan.

    Samarqand viloyatida aniqlangan 17 ta holatdan 14 tasi karantindagilar orasida, 3 tasi aholi orasida aniqlandi. Bu viloyatda iyun oyida eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Samarqandda bungacha oy davomidagi eng ko‘p kasallik aniqlangan kun 24-iyun edi, o‘shanda 14 kishi kasallikni yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan.

    Kasallikdan davolanish

    30-iyun davomida O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 186 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 135 nafari Toshkent shahrida, 44 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topib chiqdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8503 nafar bemordan 5682 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bir kun ichida bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgarmadi. Bu iyun oyidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. 5-iyun kuni bu boradagi ko‘rsatkich 81 foizga ham chiqqandi.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan oshdi, 28-iyunga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 2500 nafardan ham oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 2795 nafar bemordan 2423 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 372 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Jizzaxda 5, Qoraqalpog‘istonda 8, Namanganda 13, Xorazmda 16, Andijonda 28, Buxoroda 30, Surxondaryoda 32, Navoiyda 43, Samarqandda 56 va Qashqadaryoda 141 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi. Davolanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo (28 foiz) va Jizzax (30 foiz) viloyatlariga tegishli. Jizzaxda o‘lim ko‘rsatkichi ham yuqori — 10 nafar bemordan 2 nafari (20 foiz) kasallik asoratlaridan vafot etgan. Xorazm viloyati koronavirusdan davolanganlar soni 300 nafardan oshgan Toshkent, Buxoro va Samarqanddan keyingi to‘rtinchi hudud bo‘ldi.

    O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar endi uch toifaga ajratiladi.

    Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, bemorlar quyidagicha ajratiladi:

    • koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan) bemorlar;
    • koronavirus infeksiyasi o‘rtacha og‘ir kechayotgan (tana harorati ko‘tarilayotgan) bemorlar;
    • koronavirus infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlar.
    Shu munosabat bilan 5-iyuldan boshlab kasallik alomatlarsiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    30-iyun kuni Jizzax viloyati va Toshkent shahrida bir nafardan bemor vafot etgani xabar qilindi.

    Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli onaxon F.O. o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani xabar qilindi. Bir kun avval uning turmush o‘rtog‘i 72 yoshli otaxon Q.R. ham koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingandi.

    SSVning ma’lum qilishicha, F.O. 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi. 23-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi qo‘yilgan.

    Bemor ayolda koronavirus infeksiyasi qaysi kuni aniqlanganiga SSV aniqlik kiritmagan. Biroq Jizzax viloyatida 25-iyun kuni ikki kishida koronavirus aniqlangan va ular tug‘ilgan kunga borgandan so‘ng kasallik aniqlangani haqida avvalroq xabar qilingandi. Ulardan biri F.O.ning turmush o‘rtog‘i Q.R. bo‘lgani aniq.

    F.O. bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.

    Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor xuddi eri kabi o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

    SSV, shuningdek, Toshkentda qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etganini xabar qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. ismli erkak 10-iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli karantin markaziga joylashtirilgan. 15-iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 19-iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan.

    Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Qoraqalpog‘istonlik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlangan 26-bemor bo‘ldi.

    Ketma-ket uch kundan buyon SSV kuniga 2 nafardan o‘lim holati yuz berayotganini xabar qilmoqda. Ammo yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, SSV har doim ham koronavirusdan yuz bergan o‘lim holatlarini o‘sha kundayoq bermaydi. Toshkentda koronavirusga chalingan shifokorning vafot etgani haqida 28-iyun kuni xabar berilgandi. Biroq u 26-iyun kuni vafot etganini shifokorning qizi ma’lum qildi. Shuningdek, Denov tumani hokimi tumanda 20-iyun kuni koronavirusdan o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qilgan. Biroq SSV bu xabarni oradan 5 kun o‘tib tasdiqlagan. SSV 26 nafar bemorning o‘limi haqida qaysi kunlari ma’lumot berganini ushbu havolada ko‘rib olishingiz mumkin.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2795 nafar bemordan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 19, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 6 nafarga tengligi ma’lum qilingandi. Bu orada esa ikki kishining vafot etgani haqida ma’lumot berildi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 218 nafar, statsionar karantinda esa 24 168 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 75 nafarga kamaygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 683 nafarga ko‘paydi.

    Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 30-iyun kuni qilingan navbatdagi axborotidan ma’lum bo‘ldi.

    Xususan:

    • Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga kiritilgan mehmonxonalar ularga tegishli obyektlarni 24 soat uzluksiz qo‘riqlash bo‘yicha Milliy gvardiya bilan shartnoma tuzadi;
    • ushbu mehmonxonalarda tibbiyot muassasalari tomonidan shartnoma asosida kundalik tibbiy xizmat tashkil etiladi;
    • fuqarolar respublikaning xalqaro aeroportlari va chegara o‘tkazish punktlaridan mehmonxonalargacha yo‘l patrul xizmati vakillari kuzatuvi ostida transport vositalari bilan yetkaziladi.
    Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatlari shakllantirildi. Unga ko‘ra:
    • 300 ming so‘mgacha narxdagi 599 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami 13 ta;
    • 301-500 ming so‘m narxdagi 4256 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami 54 ta;
    • 501 ming so‘mdan yuqori narxdagi 3616 o‘ringa mo‘ljallangan jami 35 ta mehmonxona ro‘yxati shakllantirilgan.
    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ta’kidlanishicha, bitta reysda O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarning Milliy gvardiya tomonidan tun-u kun qo‘riqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi o‘rtasida koronavirusning keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida mehmonxonalarning ro‘yxati har bitta narx toifasidan 3 tadan — jami 9 ta eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida e’lon qilib boriladi. Bunda mehmonxonalar o‘rinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga to‘lgach, ro‘yxat yangilab boriladi.

    Yangi cheklovlar

    O‘zbekistonning epidemiologik toifasi “qizil” va “sariq” bo‘lgan hududlarida soat 23:00 dan so‘ng ko‘chada yurish taqiqlandi.

    “Joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab, ‘qizil’ va ‘sariq’ hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda soat 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi axborotida.

    Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

    “Mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi”, — deya qo‘shimcha qilingan Maxsus komissiya axborotida.

    Shuningdek, O‘zbekistonda bir qator sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    Jumladan,

    • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qo‘lqopdan hamda antiseptik vositalardan doimiy ravishda foydalanish;
    • yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yo‘lovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;
    • supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;
    • “sariq” hududlarda (soat 06:00 dan soat 22:00 ga qadar) va “qizil” hududlarda (soat 07:00 dan soat 10:00 gacha, 17:00 dan 20:00 gacha) avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat berilgan vaqtdan boshqa vaqtlarda harakatlanmaslik;
    • to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish.
    Ushbu cheklovlarga rioya etmaganlar epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

    Maxsus komissiya 1-iyul sanasidan boshlab respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopilishini belgilab qo‘ydi.

    Bundan tashqari, 26-iyun holatiga ko‘ra, “yashil” hudud deb topilgan Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga 2020-yil 1-iyul soat 00:01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatilmoqda.

    Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasi tomonidan so‘nggi paytlarda aholi orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘payganligi inobatga olinib, 2020-yilning 30-iyunidan Buxoro viloyatida jamoat transportlari (avtobus) harakatining noma’lum muddatga qadar to‘liq to‘xtatilishi belgilab qo‘yildi.

    30.06.2020, 23:53   Izoh (0)   111947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

    30.06.2020, 23:31

    O‘zbekistonda hokimlar va rahbarlar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha malaka oshiradi

    30.06.2020, 23:10

    O‘zbekistonda advokatlikni boshlash uchun yosh mutaxassislardan 2 yillik yuridik staj talab etish bekor qilinadi

    30.06.2020, 22:33

    O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi

    30.06.2020, 22:21

    O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari rahbarlari inson qadr-qimmatini hurmat qilish bo‘yicha o‘qitiladi

    30.06.2020, 22:09

    Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 11 nafar a’zosi hibsga olindi

    30.06.2020, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqini oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 20:45

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    Dam olish kunlari bir o‘tirishda ko‘rib tugatsa bo‘ladigan miniseriallar

    Madaniyat | 30 may, 20:30

    Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:15

    O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tuzishni taklif etdi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:06

    Olimlar inson terisi kabi jarohatni davolay oladigan elastik material yaratdi

    Ilm-fan | 30 may, 20:00

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Italiya” ilmiy-taʼlim konsorsiumini tashkil etishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 30 may, 19:49

    O‘zbekistonda qancha maqsadsiz foydalanilgan yerlar zaxiraga qaytarilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 19:30

    Trampning savdo urushlari jahon biznesiga 34 mlrd dollardan ortiq zarar keltirdi

    Dunyo | 30 may, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.