O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab barcha hududlardagi yirik buyum bozorlari haftaning shanba va yakshanba kunlari yopiladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining 30-iyun kuni e’lon qilingan axborotida ma’lum qilingan.

“Joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi”, — deyiladi komissiya axborotida.

Xabar to‘ldirilmoqda