• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronavirusdan yangi raqamlar, So‘x voqealari, yomonlashayotgan Janubiy va Shimoliy Koreya aloqalari. Iyun oyi yakunlari

    Ancha mojarolarga boy o‘tgan iyun oyi ham o‘z poyoniga yetdi. Bu oy nimalar bilan esda qoldi? Quyida iyun oyining eng muhim hodisalarini qayta esga olamiz.

    Mavzuga doir:

    • Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?
    • Chegara bilmas koronavirus, Idlibdagi mojaro, Oltinsoy voqealari, “Oskar”ni egallab olgan “Parazitlar”. Fevral nimalari bilan esda qoldi?
    • Karantindagi dunyo. O‘zbekistonda koronavirus qanday kutib olindi? Mart oyining yakunlari
    • Chekinishni istamayotgan COVID-19 va karantindan voz kechayotgan Yevropa. Aprel oyi yakunlari
    • Sardoba voqealari va tarqalishda davom etayotgan koronavirus. May oyi yakunlari

    Koronaxabarlar

    Bu oyda ham COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat davom etdi. Kasallikning avj pallasi Janubiy Amerika mamlakatlari, xususan, Braziliyada kuchaydi. Oy oxiriga kelib butun dunyoda kasallanganlar soni 10 milliondan, kasallikdan vafot etganlar soni esa 500 mingdan oshib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kasallanganlar soni bo‘yicha hali ham AQSh yetakchilik qilmoqda, mamlakatda 2,5 million odamda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1,3 million kishi) va uchinchi o‘rinni Rossiya (633 ming kishi) band etgan.

    Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh ketmoqda: 125,7 ming kishi. Ikkinchi o‘rin — Braziliya (57 ming), uchinchi — Buyuk Britaniya (43,6 ming). Ulardan keyingi o‘rinlarni Italiya (34,7 ming), Fransiya (29,7 ming), Ispaniya (28,3 ming) va Meksika (26,3 ming) egallab turibdi. Rossiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 12-o‘rinda ketmoqda.

    O‘zbekistonda 28-iyun soat 23:30 dan 29-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 274 ta holat qayd etildi. Ketma-ket yettinchi kun kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bir kun ichida 274 kishida kasallik aniqlanishi rekorddan keyingi ikkinchi natija hisoblanadi.  25-iyun kuni 276 kishida kasallik aniqlangandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 8 222 nafarga yetdi.

    29-iyun davomida 167 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 115 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Buxoro viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida va 7 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqdi. Kasallik qayd etilgan jami 8 222 nafar bemordan 5 496 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etgan.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirusdan yangi raqamlar, demokratiyani istamayotgan Lukashenko va agitatsion urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan Shimoliy Koreya. Jahon hafta ichida
    • Haftalik dayjest: Karantinning kuchayishi, o‘zimizning Volkswagen Caddy, Behbudiy stipendiyasi

    So‘x voqealari

    O‘zbekistonda bu oyning eng shov-shuvli voqeasi, shubhasiz, So‘xda yuz bergan voqealardir. 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x eksklav-tumanining Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanidagi Chashmaga nomdosh Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Xabarga ko‘ra, ikki qishloq o‘rtadagi buloqni tozalash vaqtida mojaro boshlangan (videolarni ko‘ring).

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Voqea joyiga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni yetib bordi va aholi bilan uchrashib, ularni tinchlantirdi. Shu kuniyoq Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Qubatbek Bo‘ronov bilan palatkada muzokara o‘tkazdi. Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxona yonib ketgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.

    Mojaro avj olgan vaqtda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevni olomon o‘rab olib tortqilayotgani va hokim aholini tinchlantirishga urinayotgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu videolar qirg‘iz anklavida qiynalgan O‘zbekiston aholisining hokimga qarshiligi deb talqin etildi. Biroq bosh vazir So‘xdagi mojaro haqida gapirar ekan, “Shuhrat G‘aniyev va boshqa rahbarlar yetib kelib, vaziyatning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymagan”, deb G‘aniyevning xizmatini ijobiy baholadi. Voqea ishtirokchilarining aytishicha, darg‘azab olomonga nisbatan kuch qo‘llamaslikka askarlarga qat’iy topshiriq berilgan, vaziyatni esa hokim o‘z qo‘liga olgan.

    Shunga qaramasdan, So‘x voqealari tufayli Farg‘ona hokimi ishdan olindi degan xabar bir muddat internet olamini titratdi. Biroq Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyurib, yig‘ilish o‘tkazdi hamda Toshloq tumani hokimini almashtirish bilan cheklandi. Avvalroq So‘x tumani hokimi ham almashtirilgan edi.

    Ta’kidlash kerakki, so‘xliklarning noroziligi eksklav xuddi orol kabi mamlakatning asosiy qismidan uzilib qolganidandir. Karantin esa so‘xliklar qamalda qolib, yanada qiynalishishiga sabab bo‘ldi. Hukumat bu muammoga ko‘riladigan choralarni ma’lum qildi. So‘xning bo‘sh yerlariga tik quduqlar qo‘yilib, bo‘sh yerlar o‘zlashtirilishi va oltita mahalla fuqarolar yig‘inida kichik sanoat hududlari tashkil etilishi belgilab olindi.

    Foto: Qirg‘iziston hukumati

    Foto: Qirg‘iziston hukumati

    Hududda 2020-yil davomida qiymati 101 milliard so‘m bo‘lgan 73 loyiha amalga oshiriladi. Buning natijasida 4,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Banklar ko‘magida 82 ta loyiha amalga oshirilib, bu maqsadlar uchun So‘x tumaniga 153 milliard so‘m kredit yo‘naltiriladi. So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarda alohida grant kvotalar ajratiladi. So‘xda uchta dam olish maskani yaratiladi. Tumandagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

    Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan voqealarni “So‘x voqealari” sifatida talqin qilinishiga qarshiligini bildirdi. U bu haqda 25-iyun, payshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi. Muloqotda Shuhrat G‘aniyev mazkur nizolar haqida gapirganda ularga “So‘x voqealari” deya ta’rif bermaslik lozimligini aytib o‘tdi.

    “Albatta, anklav hudud bo‘lganidan keyin anklav hududning o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi. Anklav hudud bilan ishlab yurgan rahbar, ishlab ko‘rgan xodim, ishlab ko‘rgan boshqa soha vakillari biladi. Shuning uchun ‘So‘x voqealari’ deb talqin qilmasliginglarni iltimos qilaman. Chunki bu yerda ikki mamlakat fuqarolari ahil-inoq bo‘lib, ming yillardan buyon yashab keladi. Qo‘shni Qirg‘iziston xalqi bilan dilimiz ham, dinimiz ham, bozorimiz ham, mozorimiz ham bir — hammamiz birmiz”, — dedi u.

    AQShda irqchilikka qarshi namoyishlar

    May oyi oxirlarida afroamerikalik Jorj Floydning politsiya xodimi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilishi ortidan yuz bergan irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari iyun oyida ham davom etdi. Mazkur namoyishlar fonida ayrim ishtirokchilar mahalliy dilerlik markazlariga o‘g‘rilikka tushgan. Ko‘plab avtomobillar o‘g‘irlab ketilgan, ayrimlari esa yoqib yuborilgan. 8-iyunga kelib esa AQShning Minneapolis shahri kengashi afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uning o‘limiga sabab bo‘lgan politsiya departamentini tarqatib yuborish uchun ovoz berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    10-iyun kuni Jorj Floydning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Floydning jasadi u tug‘ilgan shaharga (Xyuston, Texas) olib kelindi. Vidolashuv The Fountain of Praise cherkovida o‘tkazildi, bu yerda Baptist ruhoniysi va qora tanlilar huquqlari himoyachisi kichik Alfred Charlz Sharpton nutq so‘zladi. AQSh sobiq vitse-prezidenti va Donald Trampning saylovlardagi asosiy raqibi demokrat Jo Bayden ham marosim uchun videomurojaat yozdi.

    Vidolashuvdan keyin tobut Houston Memorial Gardens qabristoniga politsiya mashinalari hamrohligida eltib qo‘yildi. Qabristongacha bir milya masofa qolganida tobut maxsus ot aravaga o‘tkazildi. Floyd onasi yoniga dafn qilindi.

    Mavzuga doir:

    • “Tom amakining kulbasi”dagi quldorlik tarixi. 13-tuzatish va afroamerikaliklarning ozodligi haqida
    • Qora tanli bo‘lishni jinoyat hisoblagan siyosat. Janubiy Afrikada aparteid tizimi qanday shakllangan?
    Qayta muzlagan Shimol—Janub aloqalari

    Bu oyda Janubiy Koreya hamda Shimoliy Koreya o‘rtasi iliy boshlagan aloqalar yana sovub ketdi. Gap shundaki, 8-iyun kuni KXDR Keson shahridagi Koreyalararo aloqa ofisiga Janubiy Koreya vakillari tomonidan amalga oshirilgan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob qaytarmadi. Bu haqda Seulning rasmiy vakili 8-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

    Foto: Joint Inter-Korean Summit Press Corps

    Foto: Joint Inter-Korean Summit Press Corps
    “Bugun ertalab Shimoliy Koreyaga qo‘ng‘iroq qilishga urindik, biroq qo‘ng‘iroqlarimiz javobsiz qoldi. Bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lmoqda”, — deydi birlashgan vazirlik amaldori. Uning so‘zlariga ko‘ra, avval tomonlar aloqani tekshirish va mavjud masalalarni hal etish maqsadida har kuni qo‘ng‘iroqlashib turgan.

    Aloqalarning sovib ketishiga esa Janubiy Koreya tomonidan tarqatilgan tashviqot varaqalari sabab bo‘lgan. Bunga javoban KXDR aloqa ofisini yopish bilan tahdid qilgan. Shundan so‘ng Janubiy Koreya birlashgan vazirligi mahalliy jamoat tashkilotlariga Shimoliy Koreyaga bu kabi varaqalarni yuborishni to‘xtatishni buyurib, ushbu harakatlar qonun doirasida taqiqlanishiga va’da bergan.

    16-iyun kuni Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.

    Janubiy Koreya hukumati KXDR tomoni ikki mamlakat o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik fonida binoni portlatib yuborganini tasdiqladi. Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi ham ofis butkul yakson etilgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan. Janubiy Koreya harbiylari KXDRning Keson shahridagi Koreyalararo aloqa ofisining portlatilishi bilan bog‘liq videoni e’lon qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar bergan.

    Shu kuni KXDR Koreyalararo kelishuvlarga binoan qo‘shinlar olib chiqib ketilgan hududlarga o‘z harbiy bo‘linmalarini qaytarmoqchi ekanini bildirdi. Bu chegarani qal’aga aylantirish va janubga qarshi harbiy xushyorlikni kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

    20-iyun kuni KXDR hukumati Janubiy Koreyaga qarshi agitatsion urushga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. “Nashriyot uylari Janubiy Koreya rasmiylariga tartibsiz zarbalar beruvchi varaqalarni chop etmoqda. Mamlakat bo‘ylab g‘azablangan odamlar Janubiy Koreyada hatto oddiy axloqdan mahrum bo‘lgan odamlarga sochish uchun varaqalarni ommaviy tarqatishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deb ta’kidlangan xabarda.

    Mavzuga doir: Janubiy Koreyaning bugungi siyosati, ijtimoiy so‘rovlarda yutqazayotgan Tramp va Suriyadagi siyosiy tarqoqlik. Jahon matbuoti sharhi

    Qirg‘izistonda qamalgan ilk prezident

    Iyun oyida Qirg‘iziston Respublikasida bir qator siyosiy arboblar ustidan sud hukmlari e’lon qilindi. Jumladan, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11 yilga, sobiq bosh vazir Sapar Isoqov 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Foto: “Vedomosti”

    Foto: “Vedomosti”

    Bishkek sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni katta ta’sirga ega bo‘lgan jinoyatchi Aziz Batukayevni qamoqdan ozod qilish bo‘yicha korrupsiyada aybdor deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, Almazbek Atambayev korrupsiya tashkil qilishda aybdor deb topilgan va unga nisbatan 11 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, davlat mukofotlaridan mahrum etish va mulkni musodara qilish jazolari tayinlangan.

    Avvalroq Qirg‘izistonda prokurorlar Atambayevga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni taklif etgani haqida xabar berilgandi. Almazbek Atambayev 2011—2017-yillarda Qirg‘iziston prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan.

    2019-yilning iyun oyidan Atambayev daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan. Bunga Qirg‘iziston parlamenti deputatlari tomonidan sobiq prezidentga qarshi ilgari surilgan va mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan asosli deb topilgan korrupsiya va noqonuniy boylik orttirish bo‘yicha ayblov sabab bo‘lgan.

    Qirg‘iziston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari 2019-yilning avgust oyida Atambayevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi rezidensiyasini shturm bilan egallagan. Sobiq prezidentning tarafdorlari qarshilik ko‘rsatgan, har ikki tomondan, taxminan, 200 kishi jarohat olgan, maxsus topshiriqlar bo‘yicha harbiy halok bo‘lgan. Atambayev qo‘lga olingan va korrupsiyada ayblangan.

    Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov ham korrupsiyada ayblanib 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Isoqov Bishkekdagi Davlat tarix muzeyi va Cho‘lpon ota shahridagi ippodromni rekonstruksiya qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topilgan. Ushbu ikki joydagi korrupsiyaning har biri uchun unga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo tayinlangan.

    Sud hukmi bilan Sapar Isoqovga uzil-kesil 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lib, jazoni kuchaytirilgan tartibdagi koloniyada o‘tash belgilandi.

    Bundan tashqari, u davlatga 247,6 million som (taxminan, 3,3 million dollar) jarima to‘lashi lozim.

    Sapar Isoqov Qirg‘izistonda 2017—2018-yillarda prezident Almazbek Atambayev rahbarligida bosh vazir bo‘lgan. Ungacha Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari o‘rinbosari va rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    2018-yilning aprel oyining o‘rtasida parlamentning uchta muxolif fraksiyasi hukumat ishi yuzasidan hisobotni qoniqarsiz deb topganidan so‘ng prezident So‘ronboy Jeenbekov uni iste’foga chiqarish borasidagi qarorga imzo chekkan edi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    30.06.2020, 19:32   Izoh (0)   119705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Loyihalar fabrikasi”, Angor echkilari va xorijdagi o‘zbeklar – vazir o‘rinbosari Namangan viloyatini rivojlantirish strategiyasi haqida

    30.06.2020, 19:08

    O‘zbekistonda 1-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    30.06.2020, 18:58

    Farg‘onada temiryo‘l shpallaridan bolt va gaykalarni yechib olgan fuqaro fosh qilindi

    30.06.2020, 18:34

    Piskentda pedagogika universitetiga o‘qishga kiritish uchun 3,5 ming dollar olgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

    30.06.2020, 18:10

    O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki besh oyida jinoyatlar soni 41 foizga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

    30.06.2020, 17:57

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 87 kishiga ko‘payib, 8385 nafarga yetdi

    30.06.2020, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.