Daryo

Shavkat Mirziyoyev Toshloq tumani hokimi va bosh soliqchisini ishdan oldi

Qayd etilishicha, ular faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etiladi

1 daqiqa o‘qish103 264 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-iyun, shanba kuni Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Farg‘onaning Toshloq tumaniga 2018-yil martidan beri Shuhratjon Abdusalomov hokimlik qilib kelayotgan edi. Toshloq hokimi etib tayinlanguniga qadar Abdusalomov to‘qqiz yil (2009—2018-yillarda) Dang‘ara tumaniga rahbarlik qilgan, 2007—2009-yillarda Qo‘shtepa tumani hokimi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2018-yil oktabrida Shuhrat Abdusalomov Toshloq tumani hokimi sifatida vazifalarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi, aholi muammolarini hal etishda talab darajasida ish olib bormaganligi, “o‘zibo‘larchilik”ka tashlab qo‘yganligi uchun viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tomonidan hayfsan olgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar