• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusdan yangi raqamlar, demokratiyani istamayotgan Lukashenko va agitatsion urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan Shimoliy Koreya. Jahon hafta ichida

    Dunyoda davom etayotgan bu galgi xabarlar ham koronavirus bilan boshlanadi. Jahon siyosiy maydonida ham ko‘plab siyosiy tarangliklar Belarus hamda Janubiy va Shimoliy Koreya fonida yuzaga kelmoqda. “Daryo” dunyoda yuz bergan muhim voqealar tahlilini diqqatingizga havola etadi.

    Koronaxabarlar

    O‘tgan haftada butun dunyoda COVID-19 kasalligini yuqtirib olganlar soni 8 milliondan oshdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 qurbonlari soni salkam 437 ming kishidan oshib ketgan. Davlatlar kesimida dunyoda hamon AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda mazkur kasallik bilan og‘riganlar soni ikki million kishidan oshib ketgan. AQShda kasallikdan vafot etganlar soni mamlakatning Birinchi jahon urushida vafot etgan qurbonlari sonidan ham oshib ketgan.

    Foto: Google Photos

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda Birinchi jahon urushi davrida 116 516 kishi qurbon bo‘lgan.  Koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlari bo‘yicha statistikani yuritadigan Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda kasallik oqibatida 117 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

    AQShdan keyingi o‘rinda borayotgan Braziliyada esa hafta oxirlariga kelib kasallar soni milliondan oshgan. Butun mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 032 913 kishiga yetgan. Hozirga qadar Braziliyada 48 953 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, 507 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

    Yevropada esa kasallik bilan bog‘liq vahima holatlari deyarli qolmadi. Kunlik kasallanishlar soni ancha kamayib bormoqda. O‘tgan haftada kasallik ilk tarqagan Xitoy poytaxti Pekinda shahardagi go‘sht bozorida sotuvchilarda koronavirus aniqlangan edi. Mutaxassislar bu safargi virus Uxandagidan ancha xavfli bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Virusolog Yan Chjanszyuning ta’kidlashicha, evolyutsiya davomida virus zaiflashishi ham, kuchayishi ham mumkin.

    Foto: Google Photos

    Ulgurji bozorda virus aniqlanganidan keyin to‘rt kun davomida kasallik 79 kishida tasdiqlangan. Ilgari Uxanda bunday kasallanish soni virus aniqlanganidan bir necha hafta o‘tgachgina qayd etilgan. Bundan tashqari, Uxanda epidemiya qishda boshlangan, hozir esa Pekinda virus tarqalishiga qarshilik ko‘rsatishi lozim bo‘lgan yozgi harorat hukm surmoqda.

    Saudiya Arabistonida esa joriy qilingan komendantlik soati bekor qilindi. Biroq shunga qaramay, ko‘plab cheklovlar o‘z kuchida qoladi. Hukumat xorijga sayohat qilish va ziyoratlarga qo‘yilgan taqiqlarni o‘z kuchida qoldirgan. Hozircha Makkaga Haj ziyoratlarini amalga oshirishga ruxsat qachon berilishi noma’lum. 2020-yilgi Haj ziyoratlari iyul oyining oxirlarida bo‘lib o‘tishi kerak. Ayrim musulmon davlatlar, xususan, Malayziya va Indoneziya o‘z fuqarolariga 2020-yilda Hajga borishni taqiqlab qo‘ygan. Odatda, Haj ziyoratlari vaqtida butun dunyodan 2,5 millionga yaqin musulmon Makkaga tashrif buyuradi.

    Demokratiyani istamayotgan Lukashenko

    O‘tgan hafta davomida Belarusda siyosiy vaziyat taranglashdi. Belarus davlat nazorati qo‘mitasi “Belgazprombank”ning sobiq rahbari va prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lishi kutilgan Viktor Babariko hibsga olgan. Bu haqda “Belteleradiokompaniya” xabar berdi.

    Viktor Babariko.

    Viktor Babariko.
    Foto: “Del.by”

    Shundan keyin Belarus poytaxti Minsk shahrida prezident saylovida Aleksandr Lukashenkoning raqiblari uchun imzo to‘plash maqsadida uyushtirilgan namoyishda bir necha kilometrli navbat yuzaga keldi. Bu namoyish prezident saylovi kampaniyasi vaqtida qo‘lga olingan faollar va siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil qilingan.

    Qayd etilishicha, “birdamlik zanjiri” deb atalayotgan aksiya Minskning asosiy ko‘chasi bo‘lgan Mustaqillik shohko‘chasida 18-iyun kuni kechki payt boshlangan va bunday zanjirlar prezidentlikka nomzodlar Yuriy Gubarevich, Nikolay Kozlov, Olga Kovalkovaga imzo yig‘ilayotgan joylarda yuzaga kelgan. “Bugun belarusliklar erkinlik uchun navbatga turdi va o‘ziga kerak bo‘lgan munosabatni talab qildi”, — deya ma’lum qilgan Olga Kovalkova.

    Bu voqealarga mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ham munosabat bildirdi. “Meni tanlov qarshisiga qo‘ymang. Demokratik yo‘l tutsam, oppoq va paxmoq ekanligimni ko‘rsatsam, mamlakatni qo‘ldan chiqarishim mumkin. Buning oqibatida bir yilga bormay qarg‘ishga qolaman. Hech kim meni va barchamizni Belarusni yo‘q qilganimiz uchun kechirmaydi”, — deydi Lukashenko.

    Foto: “TASS”

    “Yana bir variant. Meni ushbu muammoni hal etish uchun kuch ishlatishga undashmoqda”, — deya qo‘shimcha qiladi prezident. Shu bilan birga, Lukashenkoning qayd etishicha, u butun umrini ushbu mustaqil, suveren davlatni qurishga sarflagan va hech kimning mamlakatni sindirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Belarus prezidentining fikricha, mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartirishni istagan odamlar — “adashganlar” va ular o‘zlaridan foydalanishayotganini tushunmayapti.

    Yevropa Ittifoqi esa Belarus hukumatidan prezidentlik saylovlarida ishtirok etadigan nomzod Viktor Babariko va uning o‘g‘li Eduardni hibsdan ozod qilishni so‘radi. “Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babariko va uning o‘g‘li Eduard jinoiy ishga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan. Yevroittifoq Belarus hukumatidan ulardan hali isbotini topmagan ayblovlarni olib tashlashi va qonun ustuvorligi, shaffof tergov hamda advokat yollash imkonini taqdim qilishi zarur. Har qanday tergov xolis va siyosiy bosimsiz o‘tkazilishi lozim”, — deyilgan bayonotda.

    Babrikoga advokat xizmatidan foydalanishga ruxsat berilmagan.

    Ikki Koreya tobora uzoqlashmoqda

    Oldingi haftada munosabatlari iliqlashayotgan ikki Koreya munosabatlari yana qaytadan sovib ketgan edi. Dastlab, ular o‘rtasidagi aloqa uzilgan bo‘lsa, 16-iyun kuni Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.

    Foto: Yonhap

    Janubiy Koreya hukumati KXDR tomoni ikki mamlakat o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik fonida binoni portlatib yuborganini tasdiqladi. Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi ham ofis butkul yakson etilgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan. Janubiy Koreya harbiylari KXDRning Keson shahridagi Koreyalararo aloqa ofisining portlatilishi bilan bog‘liq videoni e’lon qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar bergan.

    Shu kuni KXDR Koreyalararo kelishuvlarga binoan qo‘shinlar olib chiqib ketilgan hududlarga o‘z harbiy bo‘linmalarini qaytarmoqchi ekanini bildirdi. Bu chegarani qal’aga aylantirish va janubga qarshi harbiy xushyorlikni kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

    “Bizning armiyamiz janub va shimol o‘rtasidagi munosabatlar tobora yomonlashayotgani doirasida yuz berayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va partiya hamda hukumat tomonidan ko‘rilayotgan har qanday choralarni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — deyiladi bosh shtab bayonotida. Janubiy Koreya birlashish vaziri Kim Yon Chxol KXDR bilan munosabatlar yomonlashgani sababli iste’foga chiqishga qaror qilganini e’lon qildi.

    Kim Yon Chxol.

    Kim Yon Chxol.
    Foto: AP Photo

    KXDR esa Janubiy Koreya bilan chegaraga o‘z qo‘shinlarini kiritishi haqida ma’lum qildi. Bunga javoban esa Janub ham o‘z munosabatini bildirdi. Seul bundan buyon KXDRning “noma’qul xatti-harakatlari va so‘zlariga” toqat qilmaydi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti administratsiyasi vakili Yun Do Xan brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

    AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Prezident Donald Tramp mazkur chora yuzasidan farmoyishni imzolagan. Hujjat Oq uyning rasmiy saytiga joylashtirilgan. “Koreya yarimorolida xavfli, dunyoga tahdid qiladigan qurollar yaratish uchun sharoit borligi, shuningdek, mamlakat hukumatining siyosati va harakatlari AQSh tashqi siyosati, iqtisodiyoti, milliy xavfsizlikka favqulodda xavf solayotgani tufayli Shimoliy Koreyaga nisbatan milliy favqulodda holat rejimi yana bir yilga uzaytirilsin”, — deyilgan hujjatda.

    20-iyun kuni KXDR hukumati Janubiy Koreyaga qarshi agitatsion urushga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. “Nashriyot uylari Janubiy Koreya rasmiylariga tartibsiz zarbalar beruvchi varaqalarni chop etmoqda. Mamlakat bo‘ylab g‘azablangan odamlar Janubiy Koreyada hatto oddiy axloqdan mahrum bo‘lgan odamlarga sochish uchun varaqalarni ommaviy tarqatishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deb ta’kidlangan xabarda.

    Agentlikning qayd etishicha, “universitet talabalari tegishli tartibda shimol va janubning chegara hududlariga kirish ochilishi bilanoq varaqalar tarqatishni boshlaydi”. Chunki amaldagi kelishuvga ko‘ra, aynan talabalarga chegara hududlariga kirish huquqi berilgan. Shuningdek, “Gunohlar uchun qasos muqarrardir”, deya qo‘shimcha qilingan.

    22.06.2020, 20:08   Izoh (0)   113861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 590 ming kishidan oshdi, kunlik o‘lim ko‘rsatkichi kamaymoqda

    22.06.2020, 18:07

    AQShda maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilib kitob yozgan Trampning sobiq maslahatchisi uning sotuvidan foyda olmaydigan bo‘ldi

    22.06.2020, 17:52

    JSST: Koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashadi

    22.06.2020, 13:05

    Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 18 kishida, Janubiy Koreyada esa 17 kishida koronavirus aniqlandi

    22.06.2020, 12:21

    Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 120 kishiga, Qirg‘izistonda esa 40 kishiga yetdi

    22.06.2020, 12:06

    Olmaota viloyati hokimida ham koronavirus aniqlandi

    22.06.2020, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.