• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Loyihalar fabrikasi”, Angor echkilari va xorijdagi o‘zbeklar – vazir o‘rinbosari Namangan viloyatini rivojlantirish strategiyasi haqida

    Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2020-yilda umumiy qiymati 13,1 tirillion so‘m bo‘lgan 2 ming 148 ta loyiha ishlab chiqilgan. Ular doirasida 55,1 mingta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26—27-iyun kunlari viloyatga tashrifi davomida ma’lum qilindi.

    “Daryo” muxbiri mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayonidagi muhim yo‘nalishlar to‘g‘risida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov bilan intervyu uyushtirdi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati

    Har bir hududning “drayverlari” belgilab olindi

    Viloyatni yanada rivojlantirish va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha ishlar bir nechta yo‘nalishda olib boriladi. Namanganda 55 mingdan ziyod ishchi o‘rni yaratiladigan dastur tuzildi. Loyihalarni ishlab chiqishda ishchi guruh tomonidan har bir tumanning kuchli va zaif jihatlari chuqur tahlil qilindi. Shu tariqa har bir hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalari, ya’ni “drayverlari” belgilab olindi. Tuman-shaharlarning kuchli tomonini yanada kuchaytirish, zaif tomonlarini esa bartaraf qilishga katta ahamiyat qaratiladi va bu bo‘yicha 3 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

    Andijon viloyati tajribasi qo‘llaniladi

    Birinchi yo‘nalish kooperatsiya tamoyili asosida tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish bo‘lib, 157 ta yangi loyiha orqali 18,4 ming nafar aholini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bunda Andijon viloyati tajribasidan kelib chiqqan holda, yirik tadbirkorlar moliyalashtiriladi va ular kasanachilarni ish bilan ta’minlaydi.

    Masalan, charm sohasini olsak, tadbirkor 100-200 ta xonadonni xomashyo bilan ta’minlaydi, buyurtma beradi va qayta ishlangan mahsulotni o‘zi yana sotib oladi. Yoki chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi yirik tadbirkorga kredit beriladi. U yuzlab xonadonga sog‘in sigir yetkazib beradi hamda sut ishbilarmon tomonidan sotib olinadi va qayta ishlanadi. Qisqasi, yirik sanoat tarmoqlari orqali aholi daromadini oshirish, fuqarolar xonadoniga kirib borish maqsad qilingan.

    Mazkur loyihalar to‘quv-trikotaj, hunarmandlik, issiqxona xo‘jaliklari, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik, zargarlik, echkichilik, yog‘ochsozlik kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.

    Tadbirkorlarga “xizmatlar paketi” taqdim etiladi

    Namanganda yirik ishlab chiqarish obyektlari yo‘q, asosan, kichik biznes rivojlangan. Shu bois investitsiya kompleksidagi 3 ta bank – Milliy bank, “Asaka bank” va “Sanoatqurilishbank” bilan hamkorlikda kichik biznesni rivojlantirish uchun tadbirkorlarga “xizmatlar paketi” taqdim etiladi. Ya’ni, tadbirkorga shunchaki kredit berilmaydi. Unga biznes reja tuzish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi, maxsus o‘qitiladi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Tadbirkor tanlagan soha diagnostika qilinib, kuchli va kuchsiz tomonlari o‘rgatilgach, so‘ngra kredit beriladi.

    Ma’lumki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining tadbirkorlarni o‘qitishga mo‘ljallangan dasturi mavjud. Mazkur loyiha vodiyda ham ish boshlagan. Shunga namanganlik bo‘lajak tadbirkorlarni ham jalb qilgan holda ularga biznesni boshqarish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

    “Loyihalar fabrikasi” — bo‘lajak tadbirkorlar ko‘makchisi

    Har bir viloyatda tashkil etilishi rejalashtirilgan “Loyihalar fabrikasi” Namanganda ham yo‘lga qo‘yiladi. “Sanoatqurilishbank”ning viloyatdagi filiali qoshida ochiladigan ushbu yangi tashkilotda Yoshlar ittifoqi va bank rahbariyati tavsiyasi bilan saralangan salohiyatli yoshlar faoliyat yuritadi. Ular mijozlarning har biriga individual tarzda yondashib, bo‘lajak tadbirkorlarni yangi investitsion g‘oya va loyihalar bilan ta’minlaydi, o‘qitish kerak bo‘lsa, yangi bilim va ko‘nikmalar beradi, loyihasini amalga oshirishi uchun mablag‘ zarur bo‘lsa, yetarli miqdordagi resurslar bilan ta’minlashda ko‘maklashadi.

    Istalgan kishi “loyihalar fabrikasi”ga murojaat qilishi mumkin. Asosiy maqsad, oddiy aholini – tadbirkorga, tadbirkorni – kichik yoki o‘rta biznes subyektiga, o‘rta biznes subyektini – yirik korxona yoki klaster darajasiga olib chiqish hisoblanadi.

    Bog‘dorchilik ham klaster tizimida rivojlantiriladi

    O‘sish nuqtalaridan yana biri bog‘dorchilik sohasi sanaladi. Namanganda issiqxonalar kam, lekin bog‘lar ko‘p. Jami 16 ming 100 gektar bog‘ning 3 ming 300 gektari eskirgan, samarasiz bog‘lar. Mana shu bog‘lar qayta tashkil etiladi va qo‘shimcha 1 ming 200 gektar adirlikdagi yerlar o‘zlashtirilib, tomchilab sug‘orish tizimi joriy qilinadi. Bu o‘rinda shunchaki bog‘ yaratilmaydi, balki meva-sabzavotni terib olish, quritish va qayta ishlash bo‘yicha eksport-klaster yaratiladi.

    Hozir viloyatda 670 ga yaqin bog‘dorchilik korxonalari mavjud. Ammo ularning barchasi kichik-kichik bo‘lgani tufayli chet eldagi yirik supermarketlarga to‘g‘ridanb to‘g‘ri mol yetkazib bera olmaydi. Bu muammoni bartaraf etish uchun maxsus tizim tashkil etilmoqda. Unga ko‘ra 13 ta yirik eksportyorlar tanlab olindi. Ular bog‘bonlardan hosilni yig‘ib oladi va qayta ishlab, xorijga yetkazib beradi. Vazirlik qoshida eksportni rag‘batlantirish agentligi bor. Bu agentlik tadbirkorlarga sertifikatlar sotib olishga ko‘maklashadi. Tadbirkor sertifikatga ega bo‘lgach, supermarketlar tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot etkazish imkoniga ega bo‘ladi.

    Ushbu loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Jahon bankining 50 million dollar, IFAD tashkilotining 10 million dollar, Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 40 million dollar miqdoridagi kredit mablag‘lari jalb qilinadi. Natijada meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 55 mln dollardan 232 mln dollarga yetkaziladi.

    Echkichilik keng yo‘lga qo‘yiladi

    Azaldan Pop va Chust tumanlarida echkichilik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olib, bu soha ham rivojlantiriladi. Bunda echkilar klaster usulida parvarish qilinib, har bir echkidan o‘rtacha 4-5 kg atrofida jun mahsulotlari olinadi, qayta ishlanadi, kasanachilik asosida ip yigirish, to‘quv ishlari amalga oshirilib, tayyor mahsulotlar (jemper, ro‘mol, paypoq va boshqalar) ishlab chiqariladi.

    Dastur bo‘yicha yungi qayta ishlanadigan 50 ming bosh Angor echkisi Namanganga olib kelinadi va tadbirkorlarga beriladi. Shu bilan birga 3 ming 500 ta oilaga ham echki tarqatish ko‘zda tutilgan. Ular ishlab chiqaradigan yung klaster tomonidan sotib olinadi va xomashyo sifatida foydalaniladi.

    To‘qimachilik tarmog‘i brendlashtiriladi

    Viloyatda to‘qimachilik sohasi juda yaxshi rivojlangan. Biroq ularning barchasini brendlashtirish zarur va bunga ko‘proq ahamiyat qaratamiz. Bu borada ikkita yo‘l bor — milliy brendni rivojlantirish yoki dunyo brendlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

    Endilikda eksportgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni bir hududning o‘zida tashkil etish hisobiga etakchi bozorlar talablariga mos bo‘lgan, yuqori sifatli arzon mahsulotlar ishlab chiqariladi. Natijada mahsulotlarni rivojlangan davlatlar, shu jumladan, Yevropa ittifoqining yetakchi brend korxonalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish platformasi yaratiladi.

    Chet eldagi o‘zbeklarga sarmoyador sifatida qaralmaydi

    Xorijdagi vatandoshlar salohiyatidan samarali foydalanish ham rejalashtirilgan. Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi dilomatik vakolatxonalar bilan birgalikda “oltin daftar” reyestri ishlab chiqilmoqda. Vatandoshlar bilan muloqot olib borish natijasida viloyatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kelishish ko‘zda tutilgan. Ularga shunchaki puli bor sarmoyador sifatida qaralmaydi, balki intellektual bilim olish va hamkorlik qilish taklif qilinadi.

    Namangan viloyatida xorijdagi vatandoshlar ishtirokida umumiy qiymati 247 million dollar bo‘lgan 17 ta loyiha amalga oshirilib, 1,9 mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi.

    30.06.2020, 19:08   Izoh (0)   25612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    30.06.2020, 18:58

    Farg‘onada temiryo‘l shpallaridan bolt va gaykalarni yechib olgan fuqaro fosh qilindi

    30.06.2020, 18:34

    Piskentda pedagogika universitetiga o‘qishga kiritish uchun 3,5 ming dollar olgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

    30.06.2020, 18:10

    O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki besh oyida jinoyatlar soni 41 foizga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

    30.06.2020, 17:57

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 87 kishiga ko‘payib, 8385 nafarga yetdi

    30.06.2020, 17:12

    Moliya instituti rektori o‘zgardi

    30.06.2020, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55

    Fransiya klubi skauti Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

    Sport | 22 iyun, 11:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.