Daryo

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sapar Isoqov Bishkekdagi Davlat tarix muzeyi va Cho‘lpon ota shahridagi ippodromni rekonstruksiya qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topildi

1 daqiqa o‘qish101 576 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov korrupsiyada ayblanib 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda 24.kg.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Isoqov Bishkekdagi Davlat tarix muzeyi va Cho‘lpon ota shahridagi ippodromni rekonstruksiya qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topilgan. Ushbu ikki joydagi korrupsiyaning har biri uchun unga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo tayinlangan.

Sud hukmi bilan Sapar Isoqovga uzil-kesil 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lib, jazoni kuchaytirilgan tartibdagi koloniyada o‘tash belgilandi.

Bundan tashqari, u davlatga 247,6 million som (taxminan 3,3 million dollar) jarima to‘lashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Sapar Isoqov korrupsiyada gumonlangan vaqtida undan dastlab shaharni tark etmaslik bo‘yicha tilxat olingan. Keyinchalik Pervomaysk tuman sudi qarori bilan tergov tugagunga qadar hibsga olingan, shundan beri u Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanib kelayotgandi.

Sapar Isoqov Qirg‘izistonda 2017—2018-yillarda, prezident Almazbek Atambayev rahbarligida bosh vazir bo‘lgan. Ungacha Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari o‘rinbosari va rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilning aprel oyining o‘rtasida parlamentning uchta muxolif fraksiyasi hukumat ishi yuzasidan hisobotni qoniqarsiz deb topganidan so‘ng, Prezident So‘ronboy Jeenbekov uni iste’foga chiqarish borasidagi qarorga imzo chekkan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar