Daryo

Atambayev va uning oilasiga tegishli bo‘lgan 135 ta mol-mulk xatlab qo‘yildi

Xatlov jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha jinoiy ish doirasida amalga oshirildi

1 daqiqa o‘qish51 836 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan 135 dona mol-mulk xatlab qo‘yildi, deb xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Xatlov jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha jinoiy ish doirasida amalga oshirildi. Bundan avval 120 ta obyekt xatlab qo‘yilgandi.

Ta’kidlanishicha, Harbiy prokuratura Atambayev prezidentlik davrida noqonuniy boylik orttirishi holati bo‘yicha jinoiy ish mavjudligini inobatga olgan holda, ma’lumotlar tekshirilishi va taqqoslanishi uchun Bosh prokuraturaga yuborgan.

Ish yurituv davomida 20 ta uy-joydan xatlov olib tashlandi.

Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan obyektlar, shuningdek, noqonuniy ravishda qo‘lga kiritilgan boshqa mol-mulklarni qidirish va aniqlash bo‘yicha Qirg‘iziston milliy xavfsizlik va IIV tezkor bo‘linmalariga tergov ko‘rsatmalari berildi.

Bosh prokuratura Atambayev va yaqinlariga tegishli bo‘lgan barcha obyektlarning egalik huquqini tekshirib chiqadi, keyinchalik xatlab qo‘yilgan mol-mulklarning yangilangan ro‘yxatni e’lon qilishni rejalashtirdi.

Mavzuga doir: Almazbek Atambayev Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini uyushtirishda ayblandi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar