Daryo

Butun dunyoda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 500 ming kishidan oshdi

COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda

1 daqiqa o‘qish73 788 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 500 ming kishidan oshib ketdi.

Foto: AP Photo

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh ketmoqda: 125,7 ming kishi. Ikkinchi o‘rin — Braziliya (57 ming), uchinchi — Buyuk Britaniya (43,6 ming). Ulardan keyingi o‘rinlarni Italiya (34,7 ming), Fransiya (29,7 ming), Ispaniya (28,3 ming) va Meksika (26,3 ming) egallab turibdi. Rossiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 12-o‘rinda ketmoqda.

29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan, 7-iyunda esa 400 ming nafardan oshib ketgani haqida xabar bergandi.

Avvalroq koronavirusdan kasallanganlar soni butun dunyoda 10 million kishidan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: JSST pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi: “Xuddi 100 yil avvalgidek bo‘ladi”

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 22 nafarga yetgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar