• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qora tanli bo‘lishni jinoyat hisoblagan siyosat. Janubiy Afrikada aparteid tizimi qanday shakllangan?

    AQShda afroamerikalik fuqaro Jorj Floydning politsiya xodimi tomonidan arzimas sabab bilan o‘ldirilishi tufayli kelib chiqqan talato‘plar davom etmoqda. Bu voqea AQShning ko‘plab shtatlarida tartibsizliklar va komendantlik soatiga sabab bo‘lish bilan birga, jamiyatda qora tanli aholi huquqlari borasida bahslarni ham keltirib chiqardi.

    Mavzuga doir:

    • “Tom amakining kulbasi”dagi quldorlik tarixi. 13-tuzatish va afro-amerikaliklarning ozodligi haqida
    Lekin AQSh o‘tmishda qora tanli aholi xo‘rlangan yagona davlat emas. Bu borada Janubiy Afrika Respublikasida hukm surgan aparteid siyosati g‘ayriinsoniyligi va shafqatsizligi bilan ajralib turadi.

    1950-yilning 4-iyun kuni JARda bir qancha qonun hujjatlari qabul qilinib, aparteid siyosati amalga kirdi. “Daryo” ham shu sana munosabati bilan, ham bugungi dunyoda bo‘layotgan voqealarning o‘tmishdagi sabablariga ramz solish maqsadida JARdagi aparteid siyosati haqida hikoya qiladi.

    Janubiy Afrikada hokimiyatga kelgan Milliy partiya tezda mamlakatda o‘z tartiblarini o‘rnata boshladi. Birinchi va eng katta vazifa mamlakatda aparteid siyosatini o‘rnatish bo‘ldi. Hokimiyat odamlarni oq, qora va ranglilarga ajrata boshladi. Buning ortidan mamlakatda faqat oqlarning huquqlari bor, qolganlar esa huquqsiz va kamsituvchi qonunlar ostida yashashga majbur edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Aparteid – rasmiy irqiy ajratish siyosati

    1948-yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan saylovlarda Milliy partiya g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bir narsani anglatar edi — mamlakat hayotida ulkan o‘zgarishlar ro‘y beradi. Xususan, aparteid siyosati (rasmiy irqiy ajratish siyosati) katta sahnaga chiqdi. Birinchi bo‘lib, hukumat turli irqlar o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni taqiqlaydi. Keyingi qadam — aralash nikohlarni taqiqlash. Agar birorta fuqaro ushbu qonunlarni buzgan deb topiladigan bo‘lsa (nikoh rasmiy yoki fuqarolik bo‘lishidan qat’i nazar), unda ular jinoiy jazoga tortilardi.

    Milliy partiya 1950-yilda oq tanlilar jamiyatida qora tanlilar, hindular va boshqa rangli odamlarning mutlaqo o‘rni yo‘qligini belgiladi. Ammo hukumat bunday keskin qadam tashlashga jur’at eta olmasdi. Ammo boshqa irqdagilar uchun maxsus “vatanlar” (Bantustanlar)ni yaratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi, ya’ni o‘sha ajratilgan alohida hududlarda qora tanlilar jamiyati tashkil etildi. Ushbu bantustanlarda yashovchi qora tanlilar uchun qora, ammo qoralarning elita qatlamiga mansub odamlar boshliq qilib tayinlanadi. Bantustanlarga surgun qilingan tubjoy afrikaliklar endi maxsus ruxsatnomasiz oq tanlilar yashaydigan hududlarga kira olmaydi. Ruxsatnoma olganlarga esa oq tanlilarning hududlarida eng og‘ir va iflos ishlarni bajarishga ruxsat berilgan edi. Agar qora tanli odam taqiqlangan joyda ruxsatsiz yurgan bo‘lsa, u holda darhol hibsga olingan va sud qilingan.

    Xalqning sabr kosasi

    Janubiy Afrika Respublikasining qonunchiligi butunlay oq aholining tarafida bo‘lgan. Qora tanlilar deyarli hamma narsada kamsitilar edi. Masalan, avtobuslarda o‘rindiqlar faqat oqlar uchun, qora tanlilarga o‘tirish mumkin emas, yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadigan kasalxonalar ham oqlar uchun mo‘ljallangan edi. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari, parklar, plyajlar, teatrlar, restoranlar va boshqalar ham mutlaq oqlar uchun ishlardi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Qora tanlilar 1960-yilga qadar bu vaziyatga ko‘nib yashadi. Ammo keyin sabr kosalari to‘ldi. Birinchi noroziliklar Sharpevil shahrida bo‘lib o‘tdi. Namoyishga yetti yuzga yaqin qora tanlilar to‘plandi. Ular shaharlarga maxsus ruxsatnomasiz kirishni taqiqlovchi qonunga qarshi norozilik bildirishardi. Tabiiyki, ularni hech kim eshitmadi. 40 soniya davom etgan to‘qnashuv natijasida politsiya tomonidan 69 namoyishchi otib o‘ldirildi. Yaradorlar soni 180 kishini tashkil qildi.

    Xalqaro reaksiya

    Ushbu voqea dunyo hamjamiyatida e’tiborsiz qolishi mumkin emasdi. BMT Xavfsizlik kengashi JAR hukumatining ushbu harakatlarini tanqid qildi va aparteid siyosatidan voz kechishga chaqirdi. Yevropa davlatlari va SSSR rahbarlari ham bu fikrga qo‘shildi. Ammo ularning hammasi bu qonunni to‘xtatishga chaqirdi, xolos, uni qat’iylik bilan taqiqlamadi. Shuning uchun bir kechada vaziyat o‘zgarib qolmadi. Janubiy Afrikadagi qora tanlilarni qo‘llab-quvvatlash borasida eng faoli Sovet Ittifoqi bo‘ldi. Sovetlar aparteid siyosati bilan kurashayotgan Afrika Milliy kongressiga va shaxsan qora norozilik qahramoni — Nelson Mandelaga har tomonlama yordam bergan.

    Qizig‘i shundaki, 1950-yillarning boshlarida BMT Xavfsizlik kengashi Janubiy Afrikaga qurol, harbiy texnika va o‘q-dorilarni yetkazib berishni rad etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ammo JAR hukumatini aparteid uchun tanqid qilgan Yevropa mamlakatlari — Fransiya, Germaniya, Angliya va boshqalar bu mamlakat bilan iqtisodiy aloqalarni uzmadi. Ikkilik standartlari vaqti kelgandi. 1977-yilda Janubiy Afrikaga qurol-yarog‘ yetkazib berish rasman taqiqlanganidan keyin ham ko‘pgina davlatlar bunga o‘ziga xos yechimlar topdi. Ular o‘z tovarlarini vositachilar (masalan, Nigeriya) orqali yetkazib berdi va buning evaziga xomashyo va qimmatbaho metallarni oldi. Nafaqat Yevropa mamlakatlari, balki Sovet Ittifoqi ham o‘zini shunday tutdi. Bolsheviklar ham arzon qazilma boylik yetkazib beruvchisini yo‘qotishni xohlamasdi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Soueto qo‘zg‘oloni

    Rasmiy ravishda qurol yetkazib berishning taqiqlanishiga Soueto shahrida 1976-yil bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon sabab bo‘ldi. 20 mingga yaqin qora tanli odamlar afrikaans tilini mahalliy o‘quv muassasalarida majburiy o‘qish tili sifatida kiritilishiga qarshi norozilik bildirib ko‘chalarga chiqdi. Politsiya bu safar ham noroziliklarni qattiq bostirdi. Hammasi bo‘lib huquq-tartibot idoralari xodimlari 176 kishini otib o‘ldirdi, mingga yaqin odamlar turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

    Qon to‘kilishi ma’lum bo‘lganda SSSR birinchi bo‘lib reaksiya ko‘rsatdi. “TASS” xabar beradi:

    “Sovet Ittifoqi aparteid jinoiy siyosatini qat’iyan qoralaydi, Janubiy Afrika rejimini izolyatsiya qilish va boykot qilishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash, BMT, Afrika birligi tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning aparteid va irqiy kamsitishni yo‘q qilishni talab qiluvchi qarorlarini amalga tatbiq etishga chaqiradi. Afrika xalqining tinchlik va ozodlik sharoitida yashash huquqini qo‘llab-quvvatlaydi”.

    Nelson Mandela

    Ammo SSSR va Yevropaning tanqidlariga qaramay, Milliy partiya 1994-yil 9-may kuni Milliy Assambleya Nelson Mandelani Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylaganiga qadar o‘z siyosatini davom ettiradi.

    Albatta, Nelson Mandela hokimiyat tepasiga tasodif yoki biror-bir mo‘jiza tufayli kelmagan. 1988-yilda AQSh prezidenti etib saylangan katta Jorj Bush “yangi demokratik ritorika”ni e’lon qildi. AQSh Janubiy Afrika oq elitasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Taxminan, 20 yil oldin mamlakatga kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar kutilmaganda kuchga kirdi va natija bera boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Janubiy Afrika prezidenti Frederik de Klerk vaziyatni saqlab qolish uchun umidsiz harakat qilardi. U hatto radikal choralar ko‘rishga ham jur’at etdi — qora tanlilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatiga bo‘lgan taqiqlarni olib tashladi. Bundan tashqari, 1990-yilda u 27 yil qamoqda o‘tirgan Nelson Mandelani ozod qildi.

    Qora tanlilar orasida birdamlik yo‘qligi sababli mamlakat deyarli xaosga yuz tutdi. Mandela taklif qilgan konstitutsiya zulu etnik aholisining huquq himoyachilariga yoqmadi. “Inkata” deb nomlangan bu harakat Mandela va uning yaqinlarini yangi diktatorlar deb hisoblay boshladi. Vaziyat yomonlashdi, fuqarolar esa urushga tayyorlanardi. Panafrika Kongressi rasmiylari aparteid davri uchun oqlardan shafqatsiz tarzda qasos olishga — barchasini qirib tashlashga chaqirib, olovga yoqilg‘i sepdi. Qora tanlilarning “Bitta fermer — bitta o‘q!” deb atalgan shiorlari paydo bo‘la boshladi. Tabiiyki, oqlar ham jangsiz taslim bo‘lmoqchi emasdi. Odamlar faol ravishda o‘qotar qurol sotib ola boshladi. Ma’lumki, 1991—1992-yillarda JARda qurol olib yurishga har kuni 500 dan ortiq litsenziya berilgan.

    1993-yil Keyptaunda bir necha qora tanlilar cherkovga kirib, u yerga yig‘ilgan oq tanlilarga qarata o‘q uzdi. Buning oqibatida 12 nafar oq tanli halok bo‘ldi, yana 72 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Prezident Klerk taslim bo‘ldi. U demokratik saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi. Ushbu saylovlarda esa Nelson Mandela g‘alaba qozondi. Shu bilan Janubiy Afrika Respublikasida bir necha o‘n yillar davom etgan aparteid siyosati barham topdi. Ammo yangi hukumat endi oq tanlilarning qoniga tashna bo‘lgan tashkilotlarga erkinlik bera boshladi va bu JARdagi voqealar takrorlanishiga, faqat bu safar qurbonlar oq tanlilar bo‘lishiga olib kela boshladi. Bu endi boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    06.06.2020, 20:55   Izoh (0)   66731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Braziliya AQSh kabi JSSTni tark etish bilan tahdid qildi

    06.06.2020, 17:38

    AQShda dafn marosimiga ketayotgan oila samolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

    06.06.2020, 17:08

    JSST jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni tavsiya qildi. Tashkilot bungacha niqobni faqat kasallanganlarga tavsiya qilayotgandi

    06.06.2020, 16:09

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 511 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1974 kishiga yetdi

    06.06.2020, 11:04

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 kishiga, Janubiy Koreyada esa 51 kishiga oshdi

    06.06.2020, 09:48

    Jahonda oziq-ovqat narxlari pasayishda davom etayotgani ma’lum qilindi

    06.06.2020, 08:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.