Daryo

KXDR Janubiy Koreyaga qarshi “agitatsion urush”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Shimoliy Koreya universiteti talabalari tashviqot varaqalarini tarqatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

1 daqiqa o‘qish76 266 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: imag.one

KXDR ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashayotgan bir paytda Janubiy Koreyada tarqatiladigan tashviqot varaqalarini chiqara boshladi. Bu haqda 20-iyun kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Foto: Imag.one

“Nashriyot uylari Janubiy Koreya rasmiylariga tartibsiz zarbalar beruvchi varaqalarni chop etmoqda... Mamlakat bo‘ylab g‘azablangan odamlar Janubiy Koreyada hatto oddiy axloqdan mahrum bo‘lgan odamlarga sochish uchun varaqalarni ommaviy tarqatishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deb ta’kidlangan xabarda.

Agentlikning qayd etishicha, “universitet talabalari tegishli tartibda shimol va janubning chegara hududlariga kirish ochilishi bilanoq varaqalar tarqatishni boshlaydi”. Chunki amaldgi kelishuvga ko‘ra, aynan talabalarga chegara hududlariga kirish huquqi berilgan. Shuningdek, “Gunohlar uchun qasos muqarrardir”, — deya qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari so‘nggi ikki hafta davomida yomonlashib bormoqda. Dastlab KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. 9-iyun kuni esa KXDR 2018-yildan beri ilk bor Janubiy Koreya bilan aloqalarni to‘xtatdi. KXDR Seul bilan barcha aloqa liniyalarini Pxenyanga qarshi yuborilgan tashviqot varaqalari sabab bloklagan. Uzoq yillar davomida ishlamagan aloqa liniyalari 2018-yilda qayta tiklangan, shundan buyon mamlakatlar kuniga ikki marotaba o‘zaro qo‘ng‘iroqlashib turgandi.

14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.

Endilikda KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh qurolsizlantirilgan hududlarga o‘z qo‘shinlarini qaytarmoqchi. Shu maqsadda o‘z qo‘shinlarini Kimgansan turistik zonasi va Keson sanoat kompleksiga joylashtirishga tayyorlanmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar