• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 14-iyun kuni 114 kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirus Surxondaryoga qaytdi

    O‘zbekistonda 13-iyun soat 23:00 dan 14-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 114 ta holat qayd etildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 81 nafari karantin muassasalarida;
    • 27 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 10 nafar, Surxondaryo viloyatida — 9 nafar, Toshkent viloyatida — 5 nafar, Buxoro viloyatida — 2 nafar hamda Sirdaryo viloyatida — 1 nafar);
    • 6 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida — 5 nafar, Sirdaryo viloyatida — 1 nafar) aniqlangan.
    Aholi orasida koronavirus qayd etilishi holati bir kun oldingi keskin kamayishdan so‘ng yana ko‘paydi. Bir kun ichida 27 kishida koronavirus aniqlandi, ulardan eng ko‘pi Toshkent shahrida qayd etildi — 10 ta holat. Toshkent shahri aholi orasida koronavirus qayd etilishi bo‘yicha deyarli har kuni eng ko‘p holat qayd etilayotgan hudud bo‘lib turibdi. Poytaxtda iyun oyida faqat 3-iyun kuni aholi orasida bironta ham kasallikni yuqtirib olish holati qayd etilmagandi.

    Buxoro viloyatida qayd etilgan yangi 2 ta holat ham aholi orasida qayd etildi. Viloyatda 12-iyunda kuzatilgan kasallikka chalinish bilan bog‘liq 5 ta va 10-iyundagi 2 ta holat ham aholi orasida aniqlangandi.

    Toshkent viloyatida aholi orasida ham, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida ham 5 tadan holat qayd etilgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida aholi orasida va xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida bittadan holat qayd etildi.

    Surxondaryo viloyatida aholi orasida bir yo‘la 9 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyat 20-maydan buyon “yashil” hudud edi. Koronavirus aniqlanganidan so‘ng viloyatda keng qamrovli dezinfeksiya ishlari boshlandi. Viloyatning tuman va shaharlarining “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlari ro‘yxati yangilandi:

    “Qizil” hududlar: Termiz shahri, Boysun, Muzrabot, Termiz va Sho‘rchi tumanlari.

    “Sariq” hudud: Sariosiyo tumani.

    “Yashil” hududlar: Angor, Bandixon, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Uzun va Sherobod tumanlari.

    Iyun oyi davomida Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari ham koronavirusdan xoli hudud maqomini yo‘qotgandi.

    Kasallikdan davolanish

    14-iyun kuni 69 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 55 nafari Toshkent shahridagi, 10 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

    Shifoxonalardagi 1118 nafar bemordan 897 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 221 nafar bemor mamlakatning 9 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5080 nafar bemordan 3943 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich bir foizga yomonlashdi.

    Ma’lumot o‘rnida, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Qoraqalpog‘istonda 6, Buxoroda 8, Andijonda 9, Namanganda 11 va Xorazmda 14 nafar bemor qoldi.

    Ahvoli og‘ir bemorlar

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1118 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar sonida o‘zgarish kuzatilmadi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

    Karantingadilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 28 297 nafar, statsionar karantinda esa 21 717 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 1337 nafarga ko‘paygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 780 nafarga kamaydi.

    Shu kungacha karantinga olinganlar va karantindan chiqarilganlar haqidagi ma’lumotlarni SSV matbuot kotibi 12-iyundan boshlab berishni to‘xtatdi. Oxirgi marta 11-iyun kuni berilgan axborotda O‘zbekistonda 458 539 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 411 033 nafari karantindan chiqarilgani ma’lum qilingandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda endi karantin xarajatlari karantin talablarini buzganlar tomonidan qoplanadi

    Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonga sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Isroildan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.

    Ayni vaqtda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapurdan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi.

    “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar — evakuatsiya reyslari) qolgan boshqa davlatlar, jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi axborotida.

    14.06.2020, 23:40   Izoh (0)   159603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5080 nafarga yetdi. Toshkentda aholi orasida kasallanganlar aniqlandi

    14.06.2020, 23:14

    “Toshkentda investorlar tikkan pulining 18-26 foizigacha daromad oladi”. Jahongir Ortiqxo‘jayev investorlar konsorsiumini yaratishni taklif qildi

    14.06.2020, 22:57

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3943 nafarga yetdi

    14.06.2020, 22:17

    DXX O‘zbekiston hududiga olib kirilgan qariyb 1,5 kilo opiyni fosh qildi

    14.06.2020, 21:37

    Toshkentda 19 ta yangi savdo-ko‘ngilochar majmuasi quriladi

    14.06.2020, 20:17

    Sirdaryo viloyati hokimligi: Sardoba fojiasidan zarar ko‘rmagan o‘nlab fuqarolar 40 mln so‘mlik sertifikat talab qilgan

    14.06.2020, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.