• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 12-iyun kuni 128 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi

    O‘zbekistonda 11-iyun soat 23:00 dan 12-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 128 ta holat qayd etildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Kasallik qayd etilgan holatlarning
    • 94 tasi karantin muassasalarida;
    • 26 tasi aholi orasida (shundan 14 tasi Toshkent shahrida, 5 tasi Buxoro viloyatida, yana 5 tasi Toshkent viloyatida, 2 tasi Samarqand viloyatida);
    • 8 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida 8 ta, Sirdaryoda 1 ta) aniqlangan.
    Yangi kasallikka chalinganlar soni 9-iyundan buyon o‘sib bormoqda: 9-iyunda 80 nafar, 10-iyunda 103 nafar, 11-iyunda 118 nafar va 12-iyunda 128 nafar bemor.

    Andijon viloyatida 6-iyundan buyon endi koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Karantin muassasasida bo‘lgan 5 kishida virus aniqlangan.

    Bir kun avval Qashqadaryo viloyatida 28 ta yangi holat qayd etilgandi, ularning bari Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning ishchilari edi. 12-iyun kuni viloyatdagi karantin muassasalarida saqlanayotgan yana 17 kishida koronavirus aniqlandi. SSV Qashqadaryodagi yangi kasallikka chalinish holatlariga izoh bermagan.

    Aholi orasida koronavirus yuqtirib olish holatlari 11-iyunga nisbatan 12 taga, 10-iyunga nisbatan bittaga kamaydi.

    Buxoro viloyatining 3 ta tumanida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Jumladan, Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro tana harorati ko‘tarilib, shifoxonaga murojaat qilgan va unda kasallik aniqlangan. Yana bir bemor Jondor tumanidagi “Vet-Farm” MChJ sotuvchisi hisoblanadi. Vobkent tumanida yashovchi fuqaro ham tana harorati ko‘tarilgani sababli tahlil topshirgan va unda kasallik borligi ma’lum bo‘lgan.

    Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Toshkent shahri har doimgidek aholi orasida koronavirusga chalinish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Poytaxtda 14 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. SSV va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Toshkent shahrida avvalgi kunlarda aholi orasida kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq ba’zi tafsilotlarni oshkor etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 7-iyun kuni Toshkentda koronavirus aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta kompaniyada ishlayotgan quruvchilar bo‘lgan. Kasallik yuqtirib olgan 183 kishi bilan birga ishlovchi 300 nafardan ortiq xodim karantinga olingan. Mazkur 183 fuqaro Toshkent shahriga viloyatlardan kelib ishlayotgani va so‘nggi 14 kun ichida oila a’zolari bilan bevosita aloqada bo‘lmagani sababli ularning oila a’zolari karantinga olinmagan. Shuningdek, 11-iyun kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro ishga kirish maqsadida tahlildan o‘tganda, unda kasallik borligi aniqlangan. Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi Mediapark savdo majmuasining yana bir sotuvchisida, Yunusobod dehqon bozorining yana 6 nafar sotuvchisida, Sergeli tumanida kasalligi tasdiqlangan taksi haydovchisining otasi va ukasida koronavirus aniqlangan.

    Koronavirusdan davolanish

    12-iyun davomida 121 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 120 nafari Toshkent shahridagi, 1 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

    Bemorlarning 844 nafari Toshkent shahridagi davolash muassasalarida, 248 nafari esa O‘zbekistonning 8 hududidagi shifo maskanlarida davolanmoqda.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4869 nafar bemordan 3758 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.  Bu boradagi ko‘rsatkich 8-iyundan beri endi 1 foizga yaxshilandi.

    Davolanish bo‘yicha foizdagi eng yomon ko‘rsatkich Qashqadaryoga tegishli bo‘lib, bu yerda bemorlarning 11 foizi (57 nafardan 6 nafari) davolanishga erishdi.

    Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Surxondaryo  va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. 4 nafar bemor qolgan Qoraqalpog‘iston ham koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi. Andijonda 8, Xorazmda 14, Namanganda 15, Buxoroda 16 nafar bemor qoldi.

    Ahvoli og‘ir bemorlar

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1092 nafar bemordan 13 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan 15-martdan shu kungacha ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlar soni bir vaqtda 15 nafarga yetmagandi.

    Bir sutka avval ham ahvoli og‘ir bemorlar 10, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 2 nafarni tashkil etayotgandi. Ammo 12-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, ahvoli og‘ir bemorlar soni 2 nafarga oshgandi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

    Karantindagilar

    SSV ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 25 100 nafar, statsionar karantinda esa 23 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

    Avvalgi kunlardan farqli o‘laroq Sog‘liqni saqlash vazirligi 12-iyungacha karantinga olinganlar va karantindan chiqarilganlar haqida ma’lumot bermadi. Oxirgi marta 11-iyun kuni berilgan axborotda O‘zbekistonda 458 539 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 411 033 nafari karantindan chiqarilgani ma’lum qilingandi.

    12.06.2020, 23:47   Izoh (0)   133766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aholisining 31 foizi mehnat migranti bo‘lgan So‘xda pandemiya sababli 14 mingga yaqin kishi ishsiz qolgani ma’lum qilindi

    12.06.2020, 23:32

    O‘zbekistonda yana 32 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 4869 nafarga yetdi

    12.06.2020, 23:17

    O‘zbekistonda yana 58 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3758 nafarga yetdi

    12.06.2020, 23:07

    Toshkentda 7-iyun kuni koronavirus aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta kompaniyada ishlayotgan quruvchilar bo‘lgan (video)

    12.06.2020, 22:54

    Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi

    12.06.2020, 22:39

    Shavkat Mirziyoyev Olmazor City’dagi 30 qavatli uyni 2022-yil apreligacha bitirish haqida topshiriq berdi

    12.06.2020, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.