• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 6-iyun kuni 87 kishida koronavirus aniqlandi, bir bemor vafot etdi. Koronavirus Xorazmga qaytdi

    O‘zbekistonda 5-iyun soat 23:00 dan 6-iyun soat 23:00 gacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 87 ta holat qayd etildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 87 nafar bemorning

    • 62 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida;
    • 20 nafari aholi orasida;
    • 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
    Aholi orasida koronavirus bilan kasallanish holati kundan kunga o‘sib bormoqda. Aholi orasida kasallanish holati 3-iyun kuni 1 nafar, 4-iyun kuni 13 nafar, 5-iyun kuni 17 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 6-iyun kuni 20 nafarni tashkil etib, so‘nggi 4 kun ichida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

    Aholi orasidagi yangi kasallanish holatlarining 10 tasi Toshkent shahrida qayd etildi. Ushbu holatlarning ikkitasi Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida joylashgan Mediapark savdo majmuasining xodimlarida aniqlandi.

    Bir kun avval bir nafar ichki ishlar xodimida koronavirus aniqlangan Namanganda 6-iyun kuni aholi orasida 6 ta yangi holat qayd etildi.

    26-may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangan Xorazm viloyatida 6-iyun kuni aholi orasida 3 ta kasallanish holati qayd etilib, viloyatga koronavirus qaytdi.

    Xorazm kabi koronavirusdan xoli hudud maqomini yo‘qotgan Qashqadaryo viloyatida ketma-ket ikkinchi kun aholi orasida yangi holat qayd etildi. Viloyatda ishlovchi qozog‘istonlik fuqaro koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

    6-iyun kuni koronavirus qayd etilgan hududlar:

    • Toshkent shahri — 57 ta holat;
    • Namangan — 6;
    • Toshkent viloyati — 5;
    • Navoiy — 5;
    • Sirdaryo — 4;
    • Xorazm — 3;
    • Samarqand — 3;
    • Andijon — 3;
    • Qashqadaryo — 1.
    Koronavirusdan sog‘ayish holatlari

    6-iyun davomida Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 21 nafar fuqaro sog‘ayib chiqdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4094 nafar bemordan 3268 nafari sog‘aydi. Kun davomida yangi kasallanish holatlari sog‘ayganlardan ko‘p bo‘lgani uchun davolanish ko‘rsatkichi bir kun oldingi 81 foizdan 79 foizga tushib ketdi.

    Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Surxondaryo  va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. 2 kun davomida Qashqadaryo va Xorazm ular safidan chiqib ketdi. Qoraqalpog‘iston (3 nafar bemor), Xorazm (3 nafar bemor), Andijon (4 nafar bemor) va Qashqadaryo (5 nafar bemor) koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

    Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi bemorlar esa Toshkent shahrida davolanmoqda. Eng ko‘p bemor hozir aynan Toshkent shahrida (586 kishi) bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 70 foizni tashkil etmoqda.

    O‘lim holati va ahvoli og‘ir bemorlar

    6-iyun kuni Toshkent shahrida 70 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Sh. ismli erkak 27-may kuni yo‘l-transport hodisasiga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. O‘sha paytda tana harorati yuqori bo‘lgan erkakda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida unda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Bemor avvaldan bosh miya o‘smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan. So‘nggi kunlarda nafas yetishmovchiligining kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan bemor sun’iy nafas oldirish apparatiga olingan. 6-iyun kuni bemor miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. U O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 17-bemor bo‘ldi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 809 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar 12 nafarni, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 1 nafarni tashkil etayotgandi.

    Karantindagilar

    Shu kungacha jami 438 602 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 394 310 nafari karantindan chiqarilgan. Bir kun ichida karantinga olinganlar soni 5488 nafarga ko‘paydi.

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 313 nafar, statsionar karantinda esa 20 979 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

    06.06.2020, 23:47   Izoh (0)   193870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda 30 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni qaytarmaslik uchun pullarni bergan odamga tuhmat qilgan ayol qo‘lga olindi

    06.06.2020, 23:37

    Xitoy O‘zbekistonga yangi transport yo‘lagini ochdi

    06.06.2020, 22:15

    O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

    06.06.2020, 21:14

    Toshkentda yana 21 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3268 nafarga yetdi

    06.06.2020, 20:41

    Toshkent markazidagi “sotixi tillaga teng” yerlar nol qiymatda makaron korxonasiga konsert saroyi tashkil etish uchun topshirilmoqda

    06.06.2020, 20:16

    Toshloqqa paxta klasteri rahbari hokim bo‘ldi

    06.06.2020, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.