O‘zbekistonda 14-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 28 kishig ko‘payib, 4994 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 7 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida,
  • 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan),
  • 9 nafari Surxondaryo viloyatida aholi orasida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida

aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda 1101 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingani aniqlangan shaxslarning 3874 nafari sog‘aygan, 19 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.