• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 13-martning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 4270 nafari vafot etgan. Virusning eng yirik o‘choqlari Xitoy (81 ming), Italiya (12,4 ming), Eron (10 ming), Janubiy Koreya (7,8 ming), Fransiya, Ispaniya va Germaniya (2 mingga yaqin) hamda AQSh (987 nafar bemor) davlatlari bo‘lmoqda.

    Qozog‘istonda ikki kishida koronavirus qayd etildi. Virus qayd etilgan ikkala qozog‘istonlik ham Germaniyadan qaytgan. Shuningdek, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Milandan qaytgan bir ayolda ham infeksiya aniqlanganini ma’lum qilgandi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Kanada bosh vazirining turmush o‘rtog‘i Sofi Greguar-Tryudoda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. “Shifokorlar tavsiyasidan so‘ng Sofi Greguar-Tryudo COVID-19 koronavirus uchun test topshirdi. Natijalar ijobiy chiqdi”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, Kanada bosh vazirining rafiqasi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bosh vazir Jastin Tryudoning ham ahvoli yaxshi, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan. U rafiqasi bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.

    Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni ming nafardan oshdi. Mamlakat Yevropada COVID-19 koronavirusiga chalingan fuqarolar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

    Ozarbayjonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi. “Ayolda koronavirus infeksiyasi alomatlari aniqlangan va u karantinga joylashtirilgandi. Afsuski ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi”, — deyilgan xabarda.

    Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyning maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy koronavirus alomatlari kuzatilgani tufayli karantinga olindi. Xabarga ko‘ra, Viloyatiy o‘z uyida karantinda, uning ahvoli ancha yaxshi va sog‘lig‘i kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Amaldorning kasallikni yuqtirib olgani yuzasidan boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ali Akbar Viloyatiy Tehrondagi Masixa Donishvoriy kasalxonasining rahbari hisoblanadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Koronavirus infeksiyasi aniqlangan amerikalik aktyor Tom Xenks sog‘lig‘i qandayligi haqida o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Salom do‘stlar, men va Rita Uilson (aktyorning rafiqasi) hozirda bizga g‘amxo‘rlik qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Bizda COVID-19 aniqlandi va kasallik boshqalarga tarqamasligi uchun karantindamiz”, — deb yozgan aktyor.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelganligi, Olmaliq shahrida ushbu virus sababli 17 kishi vafot etgani haqida audioxabar tarqaldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirdi va uning mutlaqo asossiz va yolg‘on ekanligini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natadi. Mazkur gumanitar yordam Eron hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jo‘natiladi.

    Foto: Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati

    Foto: Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati

    O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Tailand Qirolligi hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Visa on Arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qildi. Tailand kirish vizalarini qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida rasmiylashtirishni tavsiya qilmoqda. 

    Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga bir qator mamlakatlardan yo‘lovchilar kirib kelishi bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlar sabab 2020-yilning mart—aprel oylarida Parij, London, Frankfurt, Tel-Aviv, Bangkok, Kuala-Lumpurdan bo‘lgan milliy avialiniyalar orqali safarni rejalashtirayotgan xorij davlatlari fuqarolari uchun aviachiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarish imkoniyati taqdim etilishini xabar qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi. Universitet rektorining buyrug‘iga ko‘ra, endilikda har qanday taktil aloqa shakllari taqiqlanadi, — deyiladi xabarda.

    O‘zbekistonda Navro‘z sayillari va umumxalq hashari bekor qilinmaydi. Biroq, koronavirus xavfi tufayli xavfsizlik nuqtayi nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi, chet ellik mehmonlar ishtirokidagi tadbirlar bekor qilindi.

    Jahondagi vaziyat

    Xitoylik shifokorlar koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Mazkur ma’lumot Xubey provinsiyasi hukumatining saytida paydo bo‘lgan, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi jo‘shqin muhokamalardan so‘ng hujjat darhol o‘chirib tashlangan.

    Foto: ANSA

    Foto: ANSA
    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maxsus ekpertlar guruhi rahbari Chjun Nanshan yangi turdagi COVID-19 koronavirus pandemiyasi 2020-yilning iyun oyiga borib pasayishni boshlashini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha kuchlarni safarbar etilishini talab qiladi.

    Qozog‘istonliklarning o‘zlari gipermarketlarda ajiotaj keltirib chiqarib, oziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatlashishiga sabab bo‘lmoqda. Bunga 11—16-mart kunlari Qozog‘istonda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonot sabab bo‘lgan. “Odamlarning o‘zi narxlarning oshishiga sabab bo‘lmoqda”, – deydi Olmaota ma’muriyati koronavirus sabab yuzaga kelayotgan ajiotaj haqidagi munosabatida.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi. Shuningdek, fuqarolarga ommaviy tadbirlarga bormaslik tavsiya etilmoqda.

    Turkmaniston bilan chegaralarning yopilishi ortidan Qozog‘istonda pomidor va bodring qimmatlashgani kuzatilmoqda. Rasmiylarning fikricha, mintaqadagi vaziyatni koronavirus va dollar kursining oshishi ham og‘irlashtirgan.

    Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasiga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushgan. Mazkur notaga ko‘ra, 2020-yil 1-martdan boshlab so‘nggi 30 kun ichida COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning o‘sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qirg‘iziston davlat chegarisidan o‘tkazish punktlari orqali ushbu mamlakatga kirishi uchun vaqtinchalik cheklovlar joriy qilingan. Mazkur cheklovlar mamlakat hukumati qarori asosida amalga kiritilgan.

    Ko‘rishni qat’iy tavsiya qilamiz: Koronavirus tufayli hindcha salomlashayotgan Tramp, gazniqobdagi o‘quvchi, 100-qavatdagi kuzatuv maydoni. 12-martning eng qiziqarli suratlari

    Rossiya italiyaliklar va Apenin yarimorolidan kelgan boshqa xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni vaqtincha taqiqladi. Taqiq Italiyada bo‘lib qaytayotgan boshqa xorijliklarga ham taalluqli va YeIIga a’zo mamlakatlarning fuqarolari bundan mustasno ekani aytilmoqda.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Rossiyada COVID-19 koronavirusi tarqalishi fonida prezident Vladimir Putinni himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident Fransiyaga borib kelganidan keyin karantinga olingan deputat Sergey Katasonov bilan aloqa qilmagan.

    Prezidentga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat qandaydir epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq emas. U har doim, muntazam amalga oshiriladi. Shuning uchun prezidentni mavsumiy, boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun hamma choralar ko‘rilmoqda.

    Dmitriy Peskov, Rossiya prezidenti matbuot kotibi

    Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi. Shuningdek, mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlandi.

    Emmanuel Makron koronavirus sabab Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq berdi.  Makronning ta’kidlashicha, 62 ming ta’lim muassasasi yopiladi. “Bir necha haftadan buyon mamlakatimiz virus tarqalishiga duch kelmoqda. Ushbu epidemiya so‘nggi yuz yil ichida sog‘liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy inqirozga aylandi”, — deydi Fransiya prezidenti.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Oq uy Trampni koronavirus bilan kasallangan odamning tashrifidan keyin tekshirishdan bosh tortdi. Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem AQSh prezidentining koronavirus uchun tekshirish zarurati yo‘qligini ma’lum qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xitoy sog‘liqni saqlash va gigiyena masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Mi Fenga mamlakatda koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinishning yangi holatlari kamaymoqda.

    Sportdagi vaziyat

    Mavzuga doir: Koronavirus va futbol: Qoldirilgan APL, YChL va Yevropa Ligasi, virus yuqtirgan Arteta va Hadson-Odoi haqida so‘nggi ma’lumotlar

    Chexiyada ko‘plab tadbirlar qatori sport bellashuvlari, xususan, futbol chempionati ham koronavirus sababli qoldirildi. Shuningdek, Niderlandiyada ham futbol chempionati qoldirilgani haqida xabar berildi.

    Koronavirus Premyer Liga grandlariga ham xavf solishni boshladi: “Arsenal” bosh murabbiyi va “Chelsi” hujumchisida koronavirus aniqlandi. 

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    13.03.2020, 19:55   Izoh (0)   123873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nodira Qodirova ishi: to‘pponchadan qizning barmoq izlari topilmadi

    13.03.2020, 19:42

    Marhamat hokimining ayol o‘rinbosari madaniyat bo‘limi boshlig‘ini haqoratladi. Unga qilmishi uchun hayfsan berildi

    13.03.2020, 19:27

    O‘zbekistonda mingdan ortiq korxonalarning davlat ulushi to‘liq sotilishi ma’lum qilindi

    13.03.2020, 18:40

    Toshkentda tanishiga tegishli qariyb 685 ming dollarlik telefonlarni sotib, pulini ishlatib yuborgan erkak javobgarlikka tortildi

    13.03.2020, 17:55

    O‘zbekistonda Navro‘z sayillari va umumxalq hashari bekor qilinmaydi

    13.03.2020, 17:11

    O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi

    13.03.2020, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyoshga allergiya nima va uni kuygan teridan qanday ajratish mumkin?

    Maslahatlar | 18 iyun, 15:55

    “Siz uchun emas”: Isroil bunkerlariga falastinliklar kiritilmadi

    Dunyo | 18 iyun, 15:45

    FourFourTwo nashri dunyoning eng kuchli 10 nafar hujumchisini aniqladi

    Sport | 18 iyun, 15:36

    O‘zbekistonda davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar joriy etiladi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 15:35

    Turkiya mudofaa vaziri Eron chegarasiga bordi

    Dunyo | 18 iyun, 15:25

    O‘zbekistondagi minglab avtobus bekatlarida kamchiliklar aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 15:15

    Seuldan Istanbulgacha: Turkiyada remeyki suratga olingan koreys doramalari

    Kino | 18 iyun, 15:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.