Daryo

Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni ming nafardan oshdi

Italiya Yevropada COVID-19 koronavirusiga chalingan fuqarolar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

1 daqiqa o‘qish53 875 ko‘rishlar0 izoh0
ANSA

Italiyada 12-mart holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 189 nafar odam COVID-19 koronavirusidan vafot etgan. Kasallik qurbonlarining mamlakatdagi umumiy soni 1016 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda ANSA nashri xabar bergan.

Foto: ANSA

12-mart oqshomi holatiga ko‘ra, Italiyada 12 839 nafar odam koronavirus bilan kasallangan, bu bir kun avval 11-mart kuni qayd etilgan ko‘rsatkichdan 2249 nafarga ko‘p. 1258 nafar odam ushbu infeksiyadan tuzalgan.

Italiya Yevropada COVID-19 koronavirusiga chalingan fuqarolar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mahalliy hukumat vakillari fuqarolarning mamlakatda hududdan hududga o‘tib yurishini cheklab qo‘ygan, maktablar, do‘konlar va restoranlar yopilgan. Shuningdek, Italiyada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinib, fuqarolarga uydan chiqmaslik tavsiya etilgan. Mavzuga doir:  Rossiya hukumat farmoyishi bilan 13-martdan boshlab Italiyadan kelgan xorijliklarning mamlakat hududiga kirishiga vaqtinchalik taqiq qo‘ygan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar