Daryo

Qozog‘istonda ikki kishida koronavirus qayd etildi

Virus qayd etilgan ikkala qozog‘istonlik ham Germaniyadan qaytgan

1 daqiqa o‘qish114 084 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonda ikki kishida koronavirus qayd etildi. Ularning har ikkisi ham Germaniyadan qaytgan Qozog‘iston fuqarosi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Foto: Izvestiya

“Ma’lumki, biz uch oy davomida koronavirusga qarshi kurashdik. Uning kirib kelishining oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgandik. Bugun ikki kishida virus aniqlangani tasdiqlandi. Ular Germaniyadan kelgan bo‘lib, koronavirusga chalingani aniqlangan. Ular Olmaotadagi yuqumli kasalliklar kasalxonasiga yotqizilgan. Bemorlarda kasallikning klinik belgilari yo‘q, o‘zlarini yaxshi his qilmoqda”, — degan Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov va barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ta’kidlagan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mard To‘qayev maxsus profilaktika choralari oshirilishini e’lon qilib, ommaviy tadbirlarni bekor qilgandi. Maktab o‘quvchilari esa muddatidan avval ta’tilga chiqadigan bo‘ldi.

Qayd etilishicha, davlat bosh sanitariya shifokori Jandarbek Bekshin prognozlariga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusning birinchi holati 11—16-mart kunlari qayd etilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Virus aniqlangan taqdirda hukumat zudlik bilan maxsus choralarni amalga oshirishini aytgan. Jandarbek Bekshin ushbu prognoz olimlarning matematik modeli asosida aniqlanganini ta’kidlagan.

11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusni pandemiya deb e’lon qilgandi. Kasallik 128 mingdan ortiq kishini qamrab olgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.