O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektorining buyrug‘iga ko‘ra, virusli holatlarni oldini olish maqsadida har qanday taktil aloqa shakllari universitet hududida taqiqlandi. Bu haqda universitet saytida ma’lum qilindi.
“O‘zJOKU rektorining buyrug‘iga ko‘ra, endilikda har qanday taktil aloqa shakllari taqiqlanadi. ‘O‘zini asraganni Xudo asraydi’ deb bejiz aytishmaydi. Keling, sog‘lig‘imizni asraylik — qo‘limizni tez-tez yuvib, har qanday virusli baxtsizlikdan ehtiyot choralarini ko‘raylik!”, — deyiladi universitet saytida e’lon qilingan xabarda.
Avvalroq Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)