Daryo

Kanada bosh vazirining rafiqasida koronavirus aniqlandi

Bosh vazir turmush o‘rtog‘i bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish92 296 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gloobal Look Press

Kanada bosh vazirining turmush o‘rtog‘i Sofi Greguar-Tryudoda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda bosh vazir kanselyariyasining rasmiy bayonotiga tayanib, Global News xabar berdi.

Foto: Global Look Press

“Shifokorlar tavsiyasidan so‘ng Sofi Greguar-Tryudo COVID-19 koronavirus uchun test topshirdi. Natijalar ijobiy chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Kanada bosh vazirining rafiqasi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bosh vazir Jastin Tryudoning ham ahvoli yaxshi, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan. U rafiqasi bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladi.

“Uyda karantinda bo‘lish — buni boshidan o‘tkazayotgan boshqa kanadalik oilalar va sog‘liq borasida bundan-da jiddiy muammolarga duch kelganlar bilan taqqoslaganda arzimas narsa. Biz ushbu vaziyatdan birgalikda chiqamiz”, — deydi Sofi Tryudo.

Avvalroq Kanada bosh vaziri rafiqasi bilan koronavirusga tekshirilganidan keyin uydan turib ishlashga o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Kanada Sog‘liqni saqlash agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 12-mart holati bo‘yicha mamlakatda 138 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning aksariyati Ontario va Britaniya Kolumbiyasi provinsiyalarida istiqomat qiladi. Mavzuga doir: So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgan. Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning salkam 78 foizi sog‘aygani haqida xabar berilgan edi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar