Daryo

Xitoyda koronavirus tarqalishi kamayayotgani ma’lum qilindi

Kasallarning salkam 78 foizi sog‘aygani tufayli uyiga javob berildi

1 daqiqa o‘qish74 234 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xinhua

Xitoyda koronavirus tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi ortda qoldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va gigiyena masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Mi Fenga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Xinhua

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinishning yangi holatlari kamaymoqda.

Mi Fenning aniqlik kiritishicha, Uxanda 11-mart, chorshanba kuni, bor-yo‘g‘i oltita yangi holat qayd etilgan. Xubeyni hisoblamaganda butun Xitoyda yettita yangi holat aniqlangan. Ulardan oltitasida koronavirus xorijiy mamlakatlarda yuqtirilgan.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-martning asosiy xabarlari

Avvalroq Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning salkam 78 foizi sog‘aygani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasi rasmiylari ilgari kiritilgan cheklov choralari birmuncha yengillashtirilganini ma’lum qildi. COVID-19 infeksiyasini yuqtirish holatlarining soni sezilarli darajada qisqarishi fonida provinsiya hukumati o‘z fuqarolarining harakatiga taqiqni qisman olib tashlashga va jamoat transporti faoliyatini tiklashga qaror qildi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar