Daryo

“Arsenal” bosh murabbiyi va “Chelsi” hujumchisida koronavirus aniqlandi

Koronavirus Premyer Liga grandlariga ham xavf solishni boshladi

1 daqiqa o‘qish81 146 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Arsenal” futbol klubining bosh murabbiyi Mikel Arteta va “Chelsi” hujumchisi Kallum Hadson-Odoi koronavirusga yo‘liqdi. Bu haqda klub matbuot xizmatlari ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Men o‘zimni yomon his qilganimdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Bu juda ajablanarli. Menga ruxsat tegishi bilan ishga qaytaman”, — deydi mutaxassis.

Yaqin orada Arteta bilan muloqotda bo‘lganlar mustaqil izolyatsiyaga olinadi. Murabbiylar shtabining bir nechta a’zolari karantinga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Arteta mavsum o‘rtasida iste’foga chiqarilgan Unai Emerining o‘rniga “Arsenal” bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Shuningdek, “Chelsi”ning 19 yoshli hujumchisi Kallum Hadson-Odoi ham virusni yuqtirib olgan.

9-mart kuni Kallumda tumov alomatlari sezilgan va shundan keyin ehtiyot chorasi sifatida futbolchi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan. 12-mart kuni uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

Yaqin orada Kallum bilan muloqotda bo‘lganlar mustaqil izolyatsiyaga olinadi. Qolganlar esa yaqin vaqt ichida o‘z ishiga qaytadi.

Mavzuga doir:

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar