Daryo

Eron oliy yetakchisining maslahatchisi koronavirus sabab karantinga olindi

Amaldorning kasallikni yuqtirib olgani yuzasidan tafsilotlar oshkor qilinmagan

1 daqiqa o‘qish24 876 ko‘rishlar0 izoh0
Ali Akbar Viloyatiy Foto: Time of Israel

Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyning maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy koronavirus alomatlari kuzatilgani tufayli karantinga olindi. Bu haqda Eronning IRIB teleradiokompaniyasiga asoslanib “RIA Novosti” xabar qilgan.

Ali Akbar ViloyatiyFoto: Time of Israel

Xabarga ko‘ra, Viloyatiy o‘z uyida karantinda, uning ahvoli ancha yaxshi va sog‘lig‘i kundan kunga yaxshilanib bormoqda.

Amaldorning kasallikni yuqtirib olgani yuzasidan boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ali Akbar Viloyatiy Tehrondagi Masixa Donishvoriy kasalxonasining rahbari hisoblanadi.

Avvalroq Eron koronavirus tufayli Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 5 milliard dollar miqdoridagi yordam so‘ragan. COVID-19 koronavirusi tarqalishi oqibatida mamlakatda 70 mingga yaqin mahbus ozodlikka chiqarilgan. Eronda kasallikdan himoyalanaman deb 7 kishi metanol spirtini ichib vafot etgani ham xabar qilingan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natadi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar